Kontent qismiga oʻtish

Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo muddatini hisoblash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo muddatini hisoblash — axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan boʻlsa va ishlamagan kunlari jazo muddatiga qoʻshib hisoblash uchun OʻzR JIKda belgilab qoʻyilgan asoslar boʻlmasa, axloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab bergunga qadar davom etadi.[1]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi