Avtomatlar nazariyasi
Avtomatlar nazariyasi – na-zariy kibernetikaning bir qismi; turli diskret axborotlar oʻzgartirgichlarini tekshiradi. Abstrakt (mavhum) avtomat va avtomatlar kompozitsiyasi tushunchalari Avtomatlar nazariyasining asosiy tushunchalaridir. Abstrakt avtomat tushunchasi qurilmani axborotlarni qayta ishlash algoritmi nuqtai nazaridan, avtomatlar kompozitsiyasi tushunchasi esa uning boshqa qurilmalardan qanday yasalganligi nuqtai nazaridan tavsiflashga imkon beradi. Avtomatlar nazariyasi bir necha boʻlimdan iborat. Diskret qurilmalar va hisoblash mashinalarini loyihalashda, algoritmlar nazariyasida va kibernetikaning hozirgi zamon nazariyasida, programmalash nazariyasida Avtomatlar nazariyasining ahamiyati katta (qarang Avtomatik boshqarish nazariyasi, Kiber-netika).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |