Avtomatika
Qiyofa
Avtomatika (yunoncha: automatos – oʻzi harakatlanoʻvchi) – 1) avtomat holatda (odam ishtirokisiz) ishlaydigan qurilmalar va tizimlar yaratish haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni oʻz ichiga olgan fan va texnika sohasi. Avtomatika fani har xil texnologiya jarayonlarini boshqarish va nazorat qilishning texnikaviy vositalari bilan shugʻullanadi. Avtomatika kibernetika fanining rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan "texnikaviy kibernetika" boʻlimining tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) avtomat tarzda ishlaydigan mexanizmlar, qurilmalar va tizimlar majmui.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |