Avtomat telefon stansiya
Telefon stansiyadi
Reja
Telefon linyasi. Tarixni.
Telefon simlari
Avtomat stansi Avtomat telefon stansiya (ATS) – telefon abonentlari oʻrtasida (odamning ishtirokisiz) telefon aloqasi oʻrnatishga imkon beradigan mexanizm va asboblar majmui.
Elektromexaniq elektron va mexanik-elektron xillarga boʻlinadi. Shahar telefon tarmoqlari, asosan, elektro-mexanik ATS lar yordamida quriladi. ATSning hajmi (unga ulangan telefon liniyalari soni) oʻndan bir necha minggacha raqamli boʻlishi mumkin. 1000000 raqamli ATSga ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta katta guruhga boʻlinadi. Har bir abonent liniyasiga 1000 dan 999 gacha raqam beriladi. Chaqirayotgan abonent oʻz telefon apparatining raqam tergichi yordamida chaqirilayotgan abonent telefon raqamini terib, ATS asboblarining ishini boshqaradi. Raqam tergichdan chiqayotgan tok impulslari ATSga uzatiladi va ularning taʼsirida stansiya asboblari murakkab ish jarayoniga oʻtadi, chaqirilayotgan raqamli apparatga ulangan aloqa liniyasini topib, bu apparat boʻsh yoki band ekanligini aniqlaydi; agar kerakli apparat boʻsh boʻlsa, stansiya asboblari unga chaqirish signallarini yuboradi, agar band bo'lsa, bu haqida chaqirayotgan abonentga tegishli signallar orqali xabar beradi, so'zlashuv tugagach, stansiya asboblari abonentlar liniyalarini yana uzadi.Chaqirilayotgan abonent liniyasini topish uchun qidirgichlar deb ataladigan asboblardan foydalaniladi (rasmga k,.). Kontakt maydonida 10 ta qator bulib, ularning har qaysisida 10 ta kontakt bor (shuning uchun qidirgich "dekadali" deb ataladi; yunonchadan tarjima qilinganda "dekas" – 10 ta soʻzidan olingan). Harakatlantiruvchi mexanizm choʻtkalar mahkamlangan oʻq, koʻndalang va boʻylama tishlari boʻlgan baraban hamda ikkita – ko'taruvchi va aylantiruvchi elektr magnitdan iborat. Raqam tergichda terilgan birinchi raqam impulslari taʼsirida koʻtaruvchi elektr magnit oʻz magnitini tegishli marta tortadi va uning tirakchasi barabanning koʻndalang tishlaridan biriga taqalib, oʻqni va choʻtkani shuncha qadamga koʻtaradi (qidirgich nomidagi "qadamli" soʻzi shundan kelib chiqqan). Ikkinchi raqam impulslari taʼsirida aylantiruvchi elektr magnit xuddi shu tariqa cho'tkani buradi, masalan, agar 73 raqami terilsa, ko'taruvchi elektr magnit choʻtkani 7 qatori qarshisiga, aylantiruvchi elektr magnit esa kontaktni 3 qatori qarshisiga toʻgʻri keltiradi. Bitta daqiqada-qadamli qidirgich 100 abonentli (100 dan 99 gacha) ATSga xizmat koʻrsatishi mumkin. Katta sigʻimli (koʻp raqamli) ATSda ulash jarayoni murakkabroq, unda bitta emas, ketma-ket ulangan bir nechta qidirgich qatnashadi. Agar ATSga 100 dan 1000 gacha abonentlar ulangan bulsa, ular uch qiymatli raqamga ega boʻladi. Birinchi raqam terilganda birinchi qidirgich koʻtarila boshlaydi (uning kon-taktlariga abonentlar liniyalari oʻrniga boshqa qidirgichlar ulangan boʻladi, bu qidirgichlarning kontaktlariga esa tegishli yuzliklardagi abonentlarning liniyalari ulanadi). Birinchi raqam terilib, raqam tergich diski dastlabki vaziyatiga qaytgach, birinchi qidirgich choʻtkalarining ikkinchi harakati boshlanadi. Cho'tka to bush yuzliklar qidirgichi liniyasida toʻxtagunga qadar avtomatik tarzda harakatlanaveradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar terilganda ikkinchi qidirgich choʻtkalari chaqirilayotgan abonent liniyasini topadi.Maʼlum abonentlar guruhi qidirgichini topish uchun xizmat qiladigan qidirgich guruh qidirgichi deb ataladi. Masalan, 10000 abonentli ATSga ikkita guruh qidirgichi ketma-ket ulanishi kerak. Ulardan biri birinchi raqamni terganda, ikkinchisi esa ikkinchi raqamni terganda ishlaydi. Guruh qidirgichlari sonini oshirgan sari istagancha koʻp abonentlar orasida aloqa oʻrnatishga imkon tugʻilaveradi. Hozirgi vaqtda ancha takomillashgan – koordinatali ATS keng tarqalgan. Ularda qidirgich vazifasini koordinatali ulagich bajaradi. Bunday qidirgichning asosi koordinatalar toʻri boʻlib, u bir necha ayqashuvchi tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) yoʻllar (koordinatalar)dan iborat. Bu yoʻllar elektr magnit taʼsirida oʻz oʻqi atrofida maʼlum burchakka burila oladi. Yoʻllar tutashgan nuqtalarda kontakt guruhlari joylashgan: ayqashuvchi yoʻllar burilgan paytda kontaktlar tutashib, abonentlar liniyalarini ulaydi. Mikroelektronika rivojlanishi munosabati bilan kvazielektron ATSlar ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda (kvazielektron soʻzidagi lot. "kvazi" – "goʻe" soʻzi elektron stansiyalar haqida gap ketayotganligini bildiradi). Bunday ATSlarda abonentlar liniyalarini ulash ishlarini maxsus elektron hisoblash mashinalari boshqaradi. Bunday stansiyalarda mikroelektronika ele-mentlaridan keng foydalaniladi. Bu esa stansiyani yigʻishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, stansiya egallaydigan joyni ancha tejaydi va uning puxta ishlashini ta’minlaydi. Ammo bunday stansiyalarda chaqiradigan va chaqiriladigan abonentlar liniyalari kontakt plastinalar yordamida ulanadi. Shu bois ATS tamomila elektron ATS emas, balki kvazielektron ATS deb yuritiladi. Bu kontakt plastinalar inert gaz toʻldirib kavsharlangan mitti shisha kolbaga joylashtiril-gan; plastinalar kolbaga mahkamlangan elektr magnit chulgʻami hosil qiladigan magnit maydon ta’sirida tutashadi. Bun-day qurilmalar gerkon (germetiklangan kontaktlar, rasmga q.) deb ataladi. Ular mikroelektronika elementlari kabi tez ishga tushadi. Hozir tuliq elektron ATS ham ishlab chiqilmoqda va amalda joriy qilinmoqda. Ularda ulashlarni boshqarish ham, ulashlarning oʻzi ham elektron tarzda yuz beradi.Shahar ATS va shaharlararo avtomatik telefon stansiyalari (SHATS) mavjud. SHATSning qidirgichlaridagi kontakt maydoniga abonentlar liniyalari emas, turli shaharlarni bir-biriga ulovchi koʻp kanalli tizimlarning kanallari ulanadi. Boshqa shahardagi abonentni chaqirayotgan abonent ma’lum raqamni (mas, 8 raqamini) teradi. Shunda u oʻz apparatidan SHATS qidirgichi choʻtkalariga boradigan liniyani ulaydi. Navbatdagi 3 ta raqam (mas, 095), ya’ni biror shahar kodi terilsa, chaqirayotgan abonent chaqirilayotgan shahar SHATS ga bogʻlanadi. Navbatdagi 7 ta raqamni terib, shahar ATS qidirgichlariga ta’sir qilinadi, shunda chaqirayotgan abonent telefon apparati chaqirilayotgan abonent telefon apparatiga ulanadi (yana qarang Uyali telefon stansiya).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |