Kontent qismiga oʻtish

Avtomat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avtomat soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.


Avtomat (yun. automatos – oʻzi harakatlanuvchi) – 1) ma’lum ishdagi barcha jarayonlarni berilgan dastur boʻyicha kishining ishtirokisiz oʻzi ba-jaradigan qurilma. A.ni bir oz sozlab, ayrim hollarda nazorat qilib turish kerak boʻladi. Avtomobil dvigatellari porshenini ishlab chiqaradigan avtomat-lashtirilgan zavodda metallni eritishdan tortib, to tayyor porshen olish, por-shenlarni saralash va hatto yashiklarga joylashgacha barcha ishlarni A.lar baja-radi. Yarim A.larda ayrim operatsiya ba-jarilgach, mashina oʻz-oʻzidan toʻxtaydi, uni ishchi yana yurgizib yuboradi. A. va yarim A.lar mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoatlarida, qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanadi. Mas, paxta ekishda seyalkaning uyaga chigit tashlab beradigan qismi oddiy A. hisoblanadi.A.lar texnologik (turli avtomatlash-tirilgan agregatlar va boshqalar), energetik (avtomatik asboblar, qurilmalar va boshqalar), transport (avtomashinist, avtopilot va boshqalar), hisoblash-yechish (hisoblash mashinalari va boshqalar), savdo (magazin-avtomat va boshqalar), harbiy (avtomatik qurollar va boshqalar), mai-shiy avtomatlar, oʻyin avtomatlari va boshqa turlarga boʻlinadi."Oʻzi harakatlanadigan" mexanizmlar qadimdan ma’lum. Prujinali va mayatnikli soatlarning yaratilishi (17-a) A. rivojiga ancha ta’sir etdi. A.dan sanoatda foydalanish 18-asrga – sanoat inqilobi davriga toʻgʻri keladi. Elektro-texnikaning rivojlanishi (19-asr) elektr yordamida harakatlanadigan A.ning pay-do boʻlishiga olib keldi. Elektronikaning paydo boʻlishi (20-asr) bilan tamoman yangi elektron avtomatik qurilmalar va boshqaruvchi hisoblash mashinalari pay-do boʻldi. Shu tufayli A.ning imkoni-yatlari va qoʻllanilish sohalari borgan sari kengaymoqda; 2) kibernetikaning asosiy tushunchalaridan biri; diskret (rakamli) axborotlarni diskret vaqt taktlari bilan qayta ishlaydigan texnika va biologik tizimning mavhum modeli (qarang Avtomatik boshqarish nazariyasi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil