Avtogamiya
Qiyofa
Avtogamiya (avto va yununcha gamos – qoʻshilish) – 1) yuksak oʻsimliklar (donli ekinlardan – bugʻdoy, suli, arpa va boshqa, dukkaklilardan – noʻxat, loviya va boshqalar; butgullilar va chinniguldoshlarga mansub koʻpgina yovvoyi oʻtlar)ning oʻz-oʻzidan changlanishi va urugʻlanishi. 2) bir hujayrali organizmlar (diatom suvoʻtlar, sporaliklar, baʼzi amyobalar)da ikki yadroning qoʻshilishi natijasida oʻz-oʻzidan urugʻlanish jarayoni. Bunda hujayra yadrosi ikkiga boʻlinib, ajralib ketadi va yetilganidan so'ng yana qoʻshiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |