Avstriya qurolli kuchlarining Avstriya-Prussiya-Italiya urushi boshida holati.
Armiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]X. Moltke tomonidan 1865-1866- yillarda ishlab chiqilgan urush rejasi asosida Bismark Avstriyaning safarbarligini kengaytirishga majbur qildi. Italiya tomonidan Apennin yarim orolining janubiy qismidan va Sitsiliyadan qoʻshinlar toʻplanishi sababli, 1866-yil 21-aprelda Avstriya janubiy armiyaning uchta korpusini qisman safarbar qila boshladi bu esa front liniyasining uzayishi, Prussiya bilan urushda qatnashishi zarur boʻlgan askarlar sonining kamayishi vaikki frontdaurush olib borishni oʻz-oʻzidan taqazo qilar edi. Ammo, reja 1866 yilgi siyosiy sharoitga umuman toʻgʻri kelmasdi: Prussiyaning ichki ahvoli juda shubhali va nostabil edi, xalqaro huquqning barcha normalariga zid boʻlgan ayyorona va kutilmagan hujum mobilizatsiyaga emas, balki O. Bismarkning uncha kuchli boʻlmagan hukumatiga qarshi inqilobga olib kelishi mumkin edi. Shubilan birga, urushni asta-sekin tayyorlanib, qurol toʻplab urush boshlash tashabbusini Avstriyaga tomonidan chiqishi kerak edi. Bu oxirgi maqsad uchun, X.Moltke ishlab chiqqan reja namunasi juda qoʻl kelar edi. Prussiyaliklarning kutilmagan hujumi haqidagi mish-mishlar Vena shahriga yetib borishi bilan, mart oyining birinchi yarmida u yerda marshallar kengashi yigʻildi – markazda korpus komandirlari va taniqli generallar tomonidan taklif qilingan oliy harbiy hokimiyat vakillarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Marshallar Kengashi kampaniya rejasini muhokama qila boshladi va birinchi navbatda Bogemiyada joylashgan I korpusni mustahkamlash uchun uning tarkibini yangi 6700 kishi bilan toʻldirishga qaror qildi. .Koʻrilgan ushbu harbiy oʻgarishlarni yashirish uchun Avstriya senzurasi gazetalarga qoʻshinlarning harakati yoki ularning tarkibini mustahkamlash toʻgʻrisida har qanday maʼlumotni chop etishni taqiqladi. O. Bismark bu holatdan foydalanib, Prussiya matbuotiga Prussiya qoʻshinlarini joylashtirish va tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotlarni eʼlon qilishni taklif qildi va Avstriyaga qarshi urushga yashirin tayyorgarlik koʻrishayotganligi toʻgʻrisidagi axborotni sizdirdi va shu orqali urush kelibchiqishiga zamin yaratdi. Bu esa 27 aprel kuni Avstriya umumiy safarbarlik eʼlon qilishiga olib keldi.
biz uchun sir.
Flot
[tahrir | manbasini tahrirlash]1866 yil
24 fn-n | 12 fn-n | 6 fn-n | 48 fn-g | 30 fn-g | 12 fn-g | Vsego |
---|---|---|---|---|---|---|
115 | 10 | 4 | 111 | 257 | 42 |
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Svechin A. A. Harbiy sanʼatning rivojlanishi. II jild. – M. – L. .: Voengiz, 1928 yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |