Kontent qismiga oʻtish

Avstralopiteksimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstralopiteksimonlar (Australopithecinae) – odamsimon may-munlarning qirilib ketgan kenja oilasi. 3 turi – zinjantrop, parantrop, pleziantrop ma’lum. Pliotsen oxiri va pleystotsen boshlarida yashagan. Suyak qoldiqlari dastlab 1924-yilda Janubiy Afrikaning Kalahari sahrosidan, keyinroq, Markaziy Afrikaning Oldovay darasi (Tanzaniya), Omo daryo vodiysi (Efi-opiya), Rudolf koʻli va Xadar degan joy yaqinida (Keniya) topilgan. Avstralopiteksimonlarning boʻyi 120–130 sm, tana massasi 30–40 kg, miyasining hajmi 500–600 sm3 boʻlgan, ikki oyokda tik yurgan, tuda boʻlib yashagan. Avstralopiteksimonlar oʻzlarini himoya qilish yoki hujum qilish uchun tosh, tayoq va suyaklardan foydalangan, degan taxminlar mavjud. Koʻpchilik antropologlarning fikricha, eng progressiv avstralopiteksimonlar (prezinjantroplar) tosh qurol yasagan odamlarning dastlabki ajdodi hisoblanadi. Avstralopiteksimonlarning qadimgi odamlarning bevosita ajdodi ekanligi uzil-kesil hal etilmagan[1].

  1. "Avstralopiteksimonlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil