Kontent qismiga oʻtish

Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar
Tavalludi
Vafoti milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni)
Karbalo, Damashq xalifaligi (bugungi kunda Iroq)

Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar (arabcha: عون بن عبدالله بن جَعفر) – Avn al-Akbar nomi bilan tanilgan (680-yil 10-oktyabrda vafot etgan) – Makkadan Kufaga safarida Husayn ibn Aliga hamroh boʻlgan Zaynab binti Alining oʻgʻli. Ashuro kuni Karbalo jangida shahid boʻlgan.

Avn ibn Abdulloh Husaynning singlisi Zaynab binti Ali va Muhammadning sahobalaridan Abdulloh ibn Jaʼfar ibn Abu Tolibning oʻgʻli boʻlgan[1]. Avnning bobosi Jaʼfar at-Tayyor Muhammadning Habashistonga hijrat safardida musulmonlar boshligʻi etib tayinlangan[2]. Abdullohning Avn ismli ikki oʻgʻli boʻlib[3], Avn al-Akbarning onasi Zaynab binti Ali, Avn al-Asgʻarning onasi esa Musayyib ibn Najbaning qizi Jamana boʻlgan[4].

Husayn ibn Aliga hamrohligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Jaʼfar Husaynning Kufaga joʻnab ketganidan xabar topgach, uni Makkaga qaytishiga koʻndirish uchun xat yozgan va oʻgʻillari Avn hamda Muhammad bilan maktubni Husaynga yoʻllagan[5]. Biroq Abdulloh imomning oʻz qarorida qatʼiy ekanini va Makkaga qaytmasligini bilgach, oʻgʻillari Avn va Muhammadga unga hamroh boʻlishni va Husayn bilan birga jang qilishni maslahat bergan[6].

Muhammad shahid boʻlgach, Avn jang maydoniga yoʻl olgan. Ibn Shahr Ashubning yozishicha, u Umar ibn Saʼd[7] qoʻshinidan 3 otliq va 18 piyoda askarini oʻldirgan. Biroq uning oʻzi Ashuro kuni Abdulloh ibn Qutba tomonidan oʻldirilgan[8].

  1. al-Isfahani, Abu al-Faraj. Maqatil al-Talibin - مقاتل الطالبيين. Dar Ihya Turath al-'Arabi, 2013 — 124-bet. 
  2. Ibn Kathir. Al-Sira Al-Nabawiyya: السيرة النبوية. dar-salam.org, 2018 — 323-bet. ISBN 978-1948117784. 
  3. Ibn Qutayba.. Kitab al-Ma'arif. Lebonan, 1960 — 207-bet. 
  4. Al-Balathuri (Ahmad ibn Yahya). Ansab al-Ashraf (أنساب الأشراف). Dar al-Maarif, 1987 — 67–68-bet. 
  5. Abu Mikhnaf. Kitab Maqtal al-Husayn (Narrative of the Martyrdom of Al-Husayn), 2000 — 69-bet. 
  6. Shaykh Al-Mufid. Al-Irshad. Al-Burāq, 1982 — 68–69-bet. ISBN 0940368110. 
  7. Muḥammad ibn ʻAlī Ibn Shahrāshūb. Manāqib Āl Abī Ṭālib. Dhawī al-Qurbá — 106-bet. ISBN 978-9646307292. 
  8. Abu Al-Abbas Ahmad Bin Jab Al-Baladhuri. Kitab Futuh al-Buldan. Gorgias Press, 2000 — 111-bet. ISBN 1931956634.