Avliyoxon Muhammadiyev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammadiyev Avliyoxon (1906.16.8, Margʻilon — 1988.21.10, Fargʻona) — gidrobiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), biologiya fanlari doktori (1959), professor (1960). Urta Osiyo universitetining tayyorlov boʻlimini (1931), Fargʻona pedagogika institutini (1934) tugatgan. Shu institut kimyo va biol. kafedralarida assistent (1935——1936), katta oʻqituvchi (1937—39), zoologiya kafedrasimudiri (1939—1979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti gidrobiologiya va ixtiologiya laboratoriya mudiri (1979—1981), Fargʻona pedagogika instituti zoologiya va umumiy biol. kafedrasi professor (1981——1988). Oʻzbekiston gidrobiologiya jamiyati raisi (1969——1984). Muhammadiyevning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo suv xavzalari tipologiyasi, qisqichbaqasimonlar ekologiyasi, sistematikasi va zoogeografiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Suv havzalaridan unumli foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. Fargʻona va Margʻilon shaharlaridagi koʻchalardan biriga, Fargʻona davlat universiteti tabiiyot fakultetiga uning nomi berilgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Materiali k gidrobiologii risovix poley Ferganskoy dolini, T., 1969; Gidrobiologiya vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1967; Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi, T., 1964; 1976; Rakoobraznie vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1986; Tabiat muhofazasi va ekologiya, T., 1986 (hamkorlikda).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 16-avgustda tugʻilganlar
- 1906-yilda tugʻilganlar
- Margʻilonda tugʻilganlar
- 22-oktyabrda vafot etganlar
- 1988-yilda vafot etganlar
- Fargʻonada vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Fargʻona davlat universiteti bitiruvchilari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- O‘zbekiston gidrobiologlari
- Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar