Avazxon
Avazxon – "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlaridagi yetakchi obrazlardan biri. Turkumga kiruvchi "Avazxon", "Gulqizoy", "Intizor", "Malika ayyor", "Mashriqo", "Zulfizar", "Boʻtakoʻz", "Qunduz bilan Yulduz", "Sarvinoz", "Balogardon", "Avazning arazi" kabi dostonlarning bosh qahramoni. "Avaz-xon" dostonida tasvirlanishicha, A.ning otasi gurjistonlik Bulduruq qassob, onasi chambillik Guloyim. A. yoshligidan Xunxorshoh saroyida xizmat qiladi. Uning ovozasini eshitgan befarzand Goʻroʻgʻli hiyla bilan Chambilga olib keladi va xaloyiq oʻrtasida qoʻliga ilik berib, qadimgi an’anaga koʻra, oʻziga oʻgʻil qilib oladi. Turkumning Xorazm nakliga koʻra, u vayangonlik. Boshqa dostonlarda A.ning oʻzga mamlakatlarga safari, bu safarlar davomida oʻzga yurt goʻzallarini Chambilga olib kelishi turli-tuman sarguzashtli voqealar girdobida juda ham qiziqarli tasvirlanadi. A. dostonlarda bosqinchi dushmanlarga qarshi mardonavor kurash-gan, el-yurt xizmatiga doimo tayyor tur-gan, ma’naviy yetuk botir sifatida kuy-lanadi. Asrab olgan otasi Goʻroʻgʻliga, Chambil yurtiga sodiq va sadoqatli far-zand, eng qiyin vazifalarni uz buyniga ola olgan jasoratli alp sifatida ulugʻlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |