Kontent qismiga oʻtish

Autentik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Autentik(yunoncha autenticos-asl, haqiqiy) — zarur asoslar mavjud boʻlgan(maʼlum mezonlarga muvofiq)holda rasman asl manbaga toʻliq mos, haqiqiy deb topilgan muayyan hujjat matni; „Rasmiy hujjat“ tushunchasining sinonimi. Davlat hokimiyati tegishli organlarining rasmiy manbalarida eʼlon qilingan qonun va qonun osti hujjatlarining matnlariga autentik matnlar sifatida yondashilishi mumkin. Rasmiy hujjatning xalqaro shartnoma matni ifodalangan nusxasi boʻlib, unga ahdlashayotgan tomonlarning oʻzaro kelishilgan va ayni shu shartnomada yoki unga ilova qilingan alohida diplomatik hujjat(qoʻshimcha bitim, bayonnoma, notalar almashish)da qayd etilgan qarorga asosan haqiqiy, asosiy hujjat yuridik maqomi beriladi.[1]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi