Kontent qismiga oʻtish

Autentifikatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bankomat foydalanuvchisi autentifikatsiyadan oʻtyapti

Autentifikatsiya (grekcha: αὐθεντικός authentikos, „haqiqiy“, „muallif“) bu kompyuter tizimi foydalanuvchisini haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash jarayoni. Bunda tizim insonning haqiqiyligini aniqlaydi[1]. Bu huddi insonning shaxsiy hujjatlarini tekshirishga yoki, bir buyumning yoshini karbon kislota orqali aniqlashga oʻxshaydi[2].

Autentifikatsiya koʻplab sohalarda kerakli hisoblanadi. Masalan, san'at, numezmatika va antropologiyalarda berilgan buyumning qaysi davrda qaysi manzilga tegishliligining haqiqiyligini tekshirish kerak boʻladi. Kompyuter texnologiyalarida autentifikatsiya foydalanuvchining eng kerakli maʼlumotlaridan foydalanilayotganda boshqa shaxslarning qoʻliga tushmasligini taʼminlab beradi[3].
Autentifikatsiyani 3 turga boʻlishimiz mumkin : Birinchi tur autentifikatsiya bir insonning shaxsiyatini tasdiqlashga oʻxshaydi. Qachonki sanʼat yoki jismoniy obyektni autentifikatsiyadan oʻtkazish kerak boʻlsa, uning haqiqiyligini tasdiqlash uchun doʻsti yoki oila aʼzosi harakat qilishi kerak.
Ikkinchi tur autentifikatsiya obyektning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini uning tashkil topgan atributlari bilan solishtirib tekshirish. Masalan sanʼat bilan shugʻullanuvchi inson tasviriy sanʼat uslubidagi oʻxshashliklarni qidirishi, imzoning joylashuvi va shaklini tekshirishi yoki obyektni eski fotosurat bilan solishtirishi mumkin. Arxeolog esa ashyoning yoshini tekshirish, ishlatiladigan materiallarni kimyoviy va spektroskopik tahlil qilish yoki qurilish yoki bezak uslubini shunga oʻxshash kelib chiqishdagi boshqa ashyolar bilan solishtirish uchun karbonatdan foydalanishi mumkin.
Uchinchi tur autentifikatsiya hujjatlarga yoki tashqi manbaalarga tayanadi. Jinoyat sudlarida dalillar qoidalari koʻpincha taqdim etilgan dalillarni zanjir koʻrinishida isbotlashni talab qiladi. Buni yozma dalillar jurnali orqali yoki uni hal qilgan politsiya detektivlari va sud-tibbiyot xodimlarining guvohliklari orqali amalga oshirish mumkin.

  1. „What is Authentication? Definition of Authentication, Authentication Meaning“. The Economic Times. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  2. Turner, Dawn M. „Digital Authentication: The Basics“. Cryptomathic. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
  3. http://eric.ed.gov/?id=EJ1012775