Auripigment
Auripigment (lotincha: aurum — oltin va pigmentum — boʻyoq) — mineral. Mishyak sulfidi — As2S3. Tarkibida 61 % As va 39 % S bor. Qattiqligi 1,5—2. S. ogʻ. 3,4—3,5. Rangi oltinsimon-sariq, toʻq sariq, baʼzan qo`ng`ir. Yogʻsimon, yaltiroq, yumshoq. Auripigment epitermal konlar uchun xos boʻlib, realgar AsS, antimonit Sb2S3, oltin va b. minerallar bilan hamda qaynoq mineral buloqlar choʻkindilarida uchraydi. Bundan tashqari, Auripigment vulkan ogʻizlarida, choʻkindi temir konlarida ham boʻladi. Shoh aragʻi (oʻtkir kislotalar aralashmasi) va ishqorda eriydi. Qizdirilsa rangi qizaradi. Elektr oʻtkazmaydi, diamagnit. Auripigment asosan uch oksidli mishyak As203 ishlab chiqarish uchun yoki sariq boʻyoq olishda va koʻnchilik sanoatida terilarni oshlashda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Auripigment na Kristallov.NET
- Auripigment v GeoWiki[sayt ishlamaydi]
- Auripigment kak mineralniy pigment[sayt ishlamaydi]
- Auripigment v Kataloge mineralov
- Auripigment v baze Mindat
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |