Augustus Desiré Waller


Augustus Desire Waller FRS (1856-yil 12 iyul — 1922-yil 11 mart) ingliz fiziologi va Augustus Volney Wallerning oʻgʻli boʻlgan. U Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan.
U Aberdin universitetida tibbiyot fakul’tetida tahsil olgan, u yerda 1878-yilda malakali va 1881-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 1883-yilda u London Ayollar Tibbiyot maktabida fiziologiya boʻyicha oʻqituvchi boʻlib ishlagan. U yerda u boʻlgʻusi xotini bilan uchrashdi[2]. Alise Palmer shogirdlaridan biri boʻlgan, hamda u Jorj Palmerning qizi boʻlgan/ Otasi Reading deputati va pechene ishlab chiqaruvchilari Xantli va Palmer asoschisi boʻlgan[1].
1884-yilda u Sent-Meri kasalxonasida fiziologiya boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan. 1887-yilda u kapillyar elektrometr yordamida insonning birinchi elektrokardiogrammasini yozib olishga muvifaqqiyat boʻlgan[3].
U 1896-yilda 1897-yil 13-yanvardan boshlab Fullerian fiziologiya professori etib tayinlangan va ishlagan[4]
U Londonda 1922-yil 110martda ikki marta insultdan azob chekib vafot etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Augustus Waller“. www.oxforddnb.com. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
- ↑ Cope, Z (1973). „Augustus Desiré Waller (1856–1922)“. Medical History. 17-jild, № 4. 380–385-bet. doi:10.1017/s0025727300018998. PMC 1081500. PMID 4606255.
- ↑ „Augustus Désiré Waller (1856–1922)“. www.sciencemuseum.org.uk. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
- ↑ Lockyer, Sir Norman „Augustus D. Waller appointed Fullerian Professor“, . Nature, 5 November 1896 — 11-bet.
- ↑ Besterman E, Creese R. (July 1979). „Waller—pioneer of electrocardiography“. British Heart Journal. 42-jild, № 1. 61–64-bet. doi:10.1136/hrt.42.1.61. PMC 482113. PMID 383122.