Attenyuator
Qiyofa
Attenyuator (frans. attenuer – kuchsizlantirish) – elektr kuchlanishi, tok kuchi, elektr yoki elektromagnit tebranishlarining quvvatini bir me’yorda, bosqichma-bosqich yoki muayyan qiymatgacha pasaytiruvchi qurilma. A. alohida qurilma sifatida, oʻlchash asboblari yoki b. asboblar bilan birga tayyorlanadi. Reostat va potensimetrsan farqi rostlash jarayonida A.ning kirish qismlari orasidagi qarshilik oʻzgarmasligidan iborat. A. asosan yuqori chastotali oʻlchov asboblarida, mas, standart signallar generatori va radiokomparatorlarda koʻllaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |