Kontent qismiga oʻtish

Atsillash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atsillash — Organik birikmalardagi vodorod oʻrniga karbon kislota qoldigʻi RCO ni kiritish. Atsillashga formillash, benzoillash va boshqa reaksiyalar kiradi. Atsillash vositalari sifatida karbon kislotalar yoki odatda, ularning hosilalari (efirlari, angidridlari va hokazo) ishlatiladi. Atsillash reaksiyalarini oʻrganish va ulardagi qonuniyatlarni aniqlashga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi I.P. Sukervanik va uning shogirdlari katta hissa qoʻshgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil