Atlas (togʻ)
Atlas togʻlari (arabcha: جبال الأطلس) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi togʻlar, Marokash, Jazoir va Tunis hududida. Oʻrta dengizga parallel joylashgan birqancha tizmalar va togʻ massivlaridan iborat, ularni platosimon baland tekisliklar (800–1200 m) bir-birlaridan ajratib turadi. Balandligi 4165 m gacha (Jabal-Tubkal choʻqqisi), uzunligi 2000 km chamasida. Uchlamchi davr oxirida vujudga kelgan. Zilzilalar boʻlib turadi. Asosan ohaktosh, mergel, har xil gillardan tashkil topgan. Foydali qazilmalardan temir, qoʻrgʻoshin, rux, kobalt, molibden rudalari, fosforit, toshtuz uchraydi. Subtropik mintaqada joylashgan, iqlimi sohilda oʻrta dengiz iqlimi, qolgan joylarda chala choʻlga xos iqlim. Atlas togʻlaridan Dra va Shelif daryolari boshlanadi. Shimoliy hududlar landshafti inson tomondan keskin oʻzgartirib yuborilgan. Shim. yon bagʻirlarida doim yashil oʻrmonlar bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |