Kontent qismiga oʻtish

Atey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atey (taxminan. miloddan avvalgi 429–339) – Skiflar shohi. Atey davrida skif yerlari yanada kengayib Dunay ortidagi Dobruja, Bujoq dashti (qadimiy Get sahrosi)ni ham qamrab olgan. Miloddan avvalgi 4-asrda agafirelar (skif qavmi) tomonidan ozod qilingan. Karpat boʻyi oʻrmondasht mintaqasida getlar yashartlar. Karpat boʻyining gʻarbiy qismi Germaniya va Dunayning boshlanish yerigacha boʻlgan hududda daklar yashardilar, ular Strabonnint yozishicha, getlar bilan bir tilda gaplashganlar, lekin ular faqat milodning dastlabki asrlaridagina mashhur boʻlishgan. Atey Dunay boʻyi (Istra)ning mahalliy aholisi – istrianlar hamda Dunayning soʻl sohilini bosib olgan getlar bilan ogʻir janglar olib borgan. Filipp Yaskiflar yurtiga bostirib kirib, skif qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratgan, miloddan avvalgi 339-yil Atey ushbu jangda halok boʻlgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil