Kontent qismiga oʻtish

Atanazar Raximov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atanazar Raximov
Tavalludi 25-iyun 1971-yil (1971-06-25) (53 yosh)
Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Chirchiq davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Atanazar Karimovich Raximov (1971-yil 25-iyun, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Atanazar Raximov 1971-yili 25-iyun Xorazm viloyatida tugʻilgan. 1988—1993-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti „Tabiiy geografiya“ fakultetining „Geografiya-biologiya“ taʼlim yoʻnalishini tamomlagan[1]. Mehnat faoliyatini 1993-yildan Toshkent davlat universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakulteti „Gʻoʻza genetikasi muammolari“ ilmiy laboratoriyasida katta laborant lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Oʻzbekison Fanlar akademiyasi Genetika ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil olgan[1]. 1998-yildan Xorazm Maʼmun Akademiyasida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2003-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti genetika va sitoembriologiya kafedrasida assistent, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi, dotsent, 2016-yildan oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini, genetika va sitoembriologiya kafedrasi mudiri, fakultetning oʻquv-uslubiy kengashi raisi hamda biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yildan Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].

Oilali, 5 ta farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 29-noyabrda Oʻzbekison Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida „Izucheniye geneticheskogo kontrolya markyornyx priznakov pri skreshivanii novyx izogennyx liniy xlopchatnika“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2012-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2019-yil 12-martda Oʻzbekiston Milliy universitetida „Talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish („Evolyutsion taʼlimot“ fanini oʻqitish misolida)“ mavzusida doktorlik ishinihimoya qilgan[1]. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumaladan 70 dan ortiq ilmiy maqola, oliy taʼlim muassasalarining biologiya taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun 3 ta darslik, 3 ta monografiya, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta ilmiy jamoaviy monografiya, 3 ta uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.