Ata Govshudov
Ata Govshudov | |
---|---|
Tavalludi |
1903-yil 5-iyul Ashxobodning Buzmeyer tumani |
Vafoti |
1953-yil 15-noyabr Ashxobod |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Sharq mehnatkashlari kommunistik universiteti |
Kasbi | yozuvchi |
Unvoni | Turkmaniston xalq yozuvchisi |
Otasi | Govshut Baili |
Onasi | Ogulgerek eje |
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ata Kaushutov yoki Govshudov (turk. Ata Gowshudov; 1903. 15. iyul, Buzmeyer qishlogʻi (hozirgi Abadan shahri, Turkmanistonning Axal viloyati) — 1953. 15. noyabr, Ashxobod) — turkman sovet yozuvchisi, shoiri, dramaturgi hisoblanadi. Turkman nasri va dramaturgiyasining asoschilaridan biridir. Badavlat dehqon oilasida tugʻilgan. Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetini tamomlagan. Onasi Ogulgerek eje — turkmanlarning taniqli hikoyachisidir. Turkman dostonlari, ertaklarini ilk bor onasidan eshitgan. Otasining ismi Govshut Baili. Ata Kaushutov „Yash kommunist“ gazetasining asoschisi va birinchi muharriridir. Shuningdek, u dramaturgiya yoshlar to‘garagiga asos solgan va uning bitiruvchilari Olti Garliev, Sari Garri kabi Turkmanistonning taniqli madaniyat arboblari edi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ata Govshudov adabiyot va madaniyatga qoʻshgan hissasi uchun 1950-yilda Qizil Bayroq medali bilan taqdirlangan. 1992-yilda, Turkmaniston mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay, prezident farmoni bilan „Turkmaniston xalq yozuvchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan.
1993-yilda Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlangan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1922-yilda u „Kaspiy dengizining narigi tomonidagi front“ pyesasini yozdi.
1925-yildan u „Yosh kommunistlar“ gazetasining muharriri, 1928-1929 yillarda Ashxobod teatr maktabi direktori boʻlib ishlagan.
Ata Govshudov turkman tarixida milliy teatr yaratish va isteʼdodli turkman aktyorlari / aktrisalarini tayyorlash uchun koʻp mehnat qildi. U teatrda drama boʻlimini tashkil qildi.
Ata Govshudov 1928-yilda „Qonli vodiy“ pyesasini yozdi.
1933-yilda „Sovet Turkmanistoni“ gazetasida ishlay boshladi. 1940-yilgacha gazetada uning ocherklari, latifalari va hikoyalari chop etilardi[1].
U „Goʻroʻgʻli“ dostonining turkmancha variantini toʻpladi. A. Govshudov turkman yozuvchilari orasida birinchi boʻlib roman yozgan. Uning „Perman“ romanining qismlari 1939-yilda „Sovet adabiyoti“ jurnalida nashr etilgan. 1989-yilda Nargilich Xojageldiev romanni topib toʻliq nashr etdi. Shunday qilib, 1939-yilda yozilgan roman ellik yildan keyin nashr etilgan.
Govshudov Ikkinchi jahon urushi davrida noyob asarlar yaratdi. Ulardan eng mashhuri — „Mehri va Vepa“ romanidir.
1952-yilda uning „Kopet togʻining etagida“ romani nashr etildi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]