Asuman Özdaglar
Asuman Özdağlar | |
---|---|
Tavalludi |
1974-yil 16-dekabr |
Fuqaroligi | Turkiya[1] va AQSh[1] |
Kasbi | Muhandis |
Sohasi | Elektronik muhandisligi |
Ish joylari | Massachusetts Institute of Technology |
Ilmiy darajasi | Akademik |
Asuman Özdağlar yoki Asu Özdağlar (1974-yil 16-dekabrda tugʻilgan) – oʻyin va optimallashtirish nazariyasi boʻyicha amalga oshirgan tadqiqotlari bilan mashhur boʻlgan turk olimi hisoblanadi. Asuman Özdağlar Yaqin Sharq texnika universitetining elektr va elektronika fakultetini tamomlagan. 1996-yilda AQShga borib taʼlim olishni boshlagan, 2003-yilda Massachusets texnologiya institutida magistratura va doktoranturasini tamomlagan.[2] Keyinchalik ham shu yerda ishlay boshlagan. Asuman Özdağlar 2012-yildan keyin professor unvonini olgan. 2017-yil dekabr oyida institutning „Elektrotexnika va kompyuter fanlari“ kafedrasi mudiri etib tayinlangan.[3]
Uning otasi Turgut Oʻzalning birinchi kabinetida neft ishlarini boshqargan sobiq parlament aʼzosi va Davlat vaziri Ismoil Oʻzdagʻlar[4] va turmush oʻrtogʻi MIT iqtisod professori va taniqli iqtisodchi Daron Acemogʻlu boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://web.archive.org/web/20161010124947/https://asu.mit.edu/
- http://www.cumhuriyet.com.tr/m/haber/turkiye/883769/Profesor_Asuman_Ozdaglar_MIT_te_bolum_baskani_oldu.html
- http://www.hurriyet.com.tr/ozal-ozdaglar-i-hemen-yuce-divan-a-sevk-etmisti-160188
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ „Asu Ozdaglar“. MIT. 10 ekim 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 aralık 2017.
- ↑ „Profesör Asuman Özdağlar MIT’te bölüm başkanı oldu“. Cumhuriyet. Qaraldi: 18 aralık 2017.
- ↑ „Özal, Özdağlar’ı hemen Yüce Divan’a sevk etmişti“. Hürriyet. 24 aralık 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 aralık 2017.