Astraxanit
Qiyofa
Astraxanit (Astraxon shahri nomidan) – mineral, natriy bilan magniyning suvli sulfati. Formulasi Na2Mg(SO4)2·4(H2O). Kimyoviy formulasi Na2Mg [SOJ2• 4N20. Qattiqligi 2—3. S. ogʻ. 2,3. Monoklin singoniyali. Kam uchraydigan kristallari ustunsimon yoki izotermik shaklda. Odatda zich massa holida uchraydi. Rangsiz yoki oqish. Shishaga oʻxshash yaltiroq. 45—60° temperaturada tuzli eritmalarda hosil boʻladi. Koʻpincha koʻllarda uchraydi, taʼmi shoʻr-taxir. Markaziy Osiyoda Astraxanit Qora-boʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi, Quvli, Dengizkoʻl va Qoraumbetʼkoʻllari yotqiziklarida koʻp miqdorda topilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil (PDF), 2020-09-29da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-01-28
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
- Astraxanit v baze webmineral.com (ingl.)
- Blyodit v Geovikipedii