Assotsiatsiya (psixologiya)
Turlari
Assotsiatsiya (psixologiyada) – muayyan sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo boʻladigan aloqa. A. in-son ongidagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar bogʻlanishi, shu bogʻlanishlar paltufayli ongda paydo boʻlgan muayyan tasavvurlar oʻxshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga koʻra, shunga bogʻliq boʻlgan boshqa tasavvurlarni hosil qiladi. A. oʻtmish tajri-basi aso-sida paydo boʻlib, narsa va voqealarning obʼektiv aloqalarini aks ettiradi. Bir ruhiy jarayonning namoyon boʻlishi A. tufayli ikkinchi (avvalgisi bilan bogʻliq boʻlgan) ruhiy jarayonni vujudga kelti-radi. Asosan uch xil A. mavjud: qarama-qarshilik A.si – avval idrok qilingan qarama-qarshi sifatlarga ega boʻlgan nar-sa va hodisalarning birortasini takror idrok qilish yoki tasavvur qilish mu-nosabati bilan boshqalari obrazlarining ixtiyorsiz ravishda ongda gavdalanishidan iborat qonuniyat. Masalan, "urush" soʻzi idrok qilinsa, beixtiyor "tinchlik" esla-nadi. Yondoshlik A.si – avval bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilingan narsa va hodisalarning birontasini qayta idrok qilish yoki tasavvur munosabati bilan ix-tiyorsiz ravishda ongda boshqalarining ham obrazlari gavdalanishidan iborat qonuniyat. Masalan, "vokzal" soʻzi idrok yokil tasavvur qilinsa, temir yoʻl, vagon, yoʻlovchilar ham esga tushadi. Oʻxshashlik A.si – bir-biriga oʻxshash belgilarga ega boʻlgan narsa va birortasini idrok yoki tasavvur qilish munosabati bilan ongda boshqalarining ham obrazlari ixtiyorsiz ravishda tiklanishidan ibo-rat qonuniyat. Masalan, Hasan va Husanning biri idro le Pk qilinsa, ixtiyorsiz ravishda ikkinchisi eslanadi.Inson psixik hayotida A.larning ahamiyati katta: bilim, koʻnikma va mala-kalarni oʻzlpalashtirish, xotirani rivoj-lantirish A.larga asoslanadi. A.larning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobigʻida hosil boʻladigan muvaqqat nerv bogʻlanishlaridir.Gʻayrat Shoumarov.l
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |