Kontent qismiga oʻtish

Aspidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aspidlar (Elapidae) – ilonlar oilasi, 41 – 43 urugʻga boʻlingan 181 turi bor, barchasi zaharli. Ustki jagʻida zahar oqib tushadigan egatchali bir juft tishi bor. Zahari kuchli, nervni falaj-lovchi ta’sir koʻrsatadi, ba’zan odamni oʻldiradi. A.ning yonoq qalqoni, rudi-ment oyoqlari boʻlmaydi, oʻpkasi bitta. A. tropik va subtropik mintakalarda, xu-susan Afrika, Janubiy Osiyo va Avstraliya, Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda kapcha yoki qoshiqbosh ilon turi uchraydi. A. asosan yerda, ba’zi turlari daraxtda yashaydi. Baqalar, boshqa ilonlar, mayda kemiruvchilar bilan oziqdanadi. A.ga kapcha ilonlar, mambalar, yovuz ilonlar va boshqa kiradi.[1]

  1. "Aspidlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil