Asinxron raqamli mashina
Asinxron raqamli mashina (yun. a — manfiy zarra va syncbunos— bir vaqtda) — har bir operatsiyaning boshlanishi oldingi operatsiyaning tugallanishi haqidagi signal bilan aniq lanztitan raqamli hisoblash mashinasi. Amallarni asinxron tarzda, yaʼni qancha kerak boʻlsa, shuncha takt bilan bajaradi. Taktda bajariladigan amallarning bajarib boʻlinishiga qarab taktning davomiyligi ham har xil boʻlishi mumkin. Boshqaruv qurilmasi mashina bloklari va qurilmalari bilan buyruq (komanda) va javob shinalari tizimi orqali bogʻlangan. Boshqarish qurilmasi tomonidan biror buyruq shinasi orqali berilgan impuls shu qurilma yoki blokka oʻz vazifalaridan birini bajarish uchun buyruq xizmatini oʻtaydi. Masalan, biror buyruq shinasidan kelgan impuls bir registrdan ikkinchisiga kodni uzatadi, boshqa shinadan kelgan impuls esa registrlarni „O“ (nol) vaziyatga keltirib qoʻyadi. Mashinada shunday alomatlar hosil boʻladiki, bular tufayli boshqaruv qurilmasi ishlash tartibini oʻzgartirishi mumkin. Mashina qurilmalari va bloklaridan biror belgining hosil boʻlgani haqidagi signallarni javob shinalari uzatadi. Asinxron mashinalarda javob shinalari, shuningdek mashinaning biror qurilmasi oʻz vazifasini bajarganligi va kelgusi taktni boshlash mumkinligi haqida boshqaruv qurilmasiga signal ham yuboradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |