Kontent qismiga oʻtish

Ashyolarning lombardda garovga qo'yilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi- fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — litsenziyasi boʻlgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin. Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Lombard ashyolarning yoʻqolishiga yoki shikastlanishini yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi. Lombardda ahyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini FK yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas(OʻzR FKning 289-moddasi).[1]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi