Ashur masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Yoʻnalishi | shia |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Shirvan-Absheron arxitektura maktabi |
Meʼmor | Nejef Ashur ibn Ibrohim |
Asosiy sana: | |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Ashur masjidi Vikiomborda |
40°21′56″N 49°50′10″E / 40.36556°N 49.83611°E
Ashur masjidi[1] yoki Lezgi masjidi Icheri-sheherda joylashgan qadimiy obida boʻlib, UNESCOning Butunjahon merosiga kiritilgan.
Obida Icheri-sheherning tarixiy markazida Qiz minorasi va Siniqqalʼa masjidi oʻrtasida joylashgan qadimiy masjid hisoblanadi. Masjid asosan XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Dogʻistondan koʻchib kelgan va lezgi jamoatchiligining koʻp yigʻilishi sababli Lezgi masjidi nomi bilan ham tanilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ustundagi yozuvga koʻra, usta Nejef Ashur ibn Ibrohim tomonidan hijriy oy taqvimi boʻyicha 567-yilda, milodiy 1169-yilda qurilgan[1].
Masjid haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid sosoniylar davri yodgorligi ustiga qurilgan. Yodgorlikdan faqat ikkita gumbaz bilan qoplangan xona qolgan. Masjid parallelepiped koʻrinishidagi hajmga ega. Keyinchalik janubiy qismida ikkita kichik deraza ochilgan. Masjidning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan kichik shakldagi kirish eshigi qalin gumbaz bilan qoplangan, bitta xonali, qalin kirish joyi boʻlgan boʻlib, u katta namozxonaga olib borgan. Toshdan yasalgan gul va geometrik naqshlar bilan bezatilgan mehrob XII asrga oid stalaktit bilan bezatilgan. XX asrning boshlarida Boku aholisi tomonidan ibodat zalining janubi-gʻarbiy qismida ikkinchi mehrob qurilgan. Tashqi tomondan, masjidning qadimgi qismida, chiroyli tarashlangan katta tosh bloklar, keyingi qismida esa mayda toshlar ishlatilgan.
Yodgorlik kichik yer osti hujra va yuqorida namozxonadan iborat.[2]
Rejada ibodat zalining 2 ta mehrobii (maydoni 55,0 m) mavjud. Zalning oʻqida joylashgan mehrob juda yaxshi bezatilgan. Ashur masjidi tashqi tomondan oddiy prizmatik koʻrinishga ega. Tosh devorlari koʻrinishidan uning yuqori qismi keyinchalik qayta tiklanganligi seziladi. 1970-yilda masjidni tiklash paytida sovet arxeologlari arxeologik qazishmalar natijasida binoning janubiy qismi ostida Sosoniylar davridagi ikkita yarim doira shaklidagi poydevorni aniqladilar. Arklar ortida gumbazli xona topilgan. Masjid qadimgi olovga sigʻinadigan zardushtiylar ziyoratgahi ustida qurilgan deb taxmin qilinadi.
Ismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid oʻz nomini XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida, neft sanoati rivojlana boshlaganda oldi. Shunday qilib, Dogʻiston ishchilari pul topish uchun Boku sanoat korxonalariga shiddat bilan ish izlab kelganida, Eski shahar aholisi ularga ibodat qilish uchun ushbu masjidni ishonib topshirdilar. Dogʻistonlik ishchilarning bu yerda uzoq vaqt ibodat qilgani bu masjidning xalq etimologiyasida „lezgi masjidi“ deb nomlanishiga sabab boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „AŞUR MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2016-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2017-01-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ C. Qiyasi. "Nizami dövrünün memarlıq abidələri". Bakı, İşıq nəşriyyatı, 1991, səh 47