Kontent qismiga oʻtish

Ashraf Eminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Shuhratovich Mahkamov
Tavalludi 3-iyun 1953-yil (1953-06-03) (71 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kimyogar, texnolog
Sohasi kimyo sanoati texnologiyasi
Taʼlimi Toshkent davlat texnika universiteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Eminov Ashraf Maʼmurovich – (1952 – yil 3-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik kimyogar olim, texnika fanlari doktori.

Ashraf Eminov 1952-yil 3-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1974-yil Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1974-1975 yillarda Toshkent politexnika institutida izlanuvchi-tadqiqotchisi, 1976-1988 yillarda Toshkent politexnika instituti „Anorganik kimyo“ kafedrasi aspiranti, laboratoriya mudiri, assistenti, dosenti Germaniyaning Vaymer universiteti izlanuvchisi, 1988-1989-yillarda Tosheknt politexnika instituti „Umumiy va noorganik kimyo“ kafedrasi dosenti, 1988-1990 yillarda Toshkent politexnika instituti „Noorganik kimyo“ kafedrasi doktoranti, 1990-1991 yillarda Toshkent kimyo–texnologiya instituti (ToshKTI) oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, 1991-1995 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti „Noorganik kimyo“ kafedrasi doktoranti, 1995-1997 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida maʼnaviy- maʼrifiy ishlari boʻyicha prorektor, 1997-2001 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar ishlab chiqarish fakulteti dekani, 2001-2002 yillarda „Silikat materiallari texnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 2002-2005 yillarda Mirzo Ulugbek texnologiya kasb – xunar kolleji direktori, 2005-2007 yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi OʻMKHTM Taʼlim standartlarini takomillashtirish va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish boʻlimi boshligʻi, 2007-2009 yillarda Toshkent kimyo texnologiya instituti menejment va kasb-taʼlimi fakulteti dekani, 2009-2011 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2011-2015 yillarda Guliston davlat universiteti rektori, 2016-2017 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Fan va taraqqiyot“ Davlat unitar korxonasida rais oʻrinbosari, 2017-2023 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Fan va taraqqiyot“ Davlat unitar korxonasida laboratoriya mudiri, TDTU materialshunoslik kafedrasi professori.

Oilali. 2 nafar oʻgʻli bor.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]