Ashirali Mamaturdiyev
Ashirali Mamaturdiyev— (1899-yil Oʻsh tumani Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1985-yil Oʻsh viloyati SSSR Qirgʻiziston SSR) Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni sohibi va Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi.
Ashirali Mamaturdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
1899-yil Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi) Dehqon-Qishlogʻida |
Vafoti |
1985-yil Oʻsh viloyati SSSR Qirgʻiziston SSR |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Mukofotlari |
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashirali Mamaturdiyev 1899-yilda Oʻsh tumani (Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi) Dehqon-Qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Mamaturdiyev A. yoshligida uzoq muddat mardikorlik qilgan . 1925-yilda u koʻmir koniga konchi sifatida kirdi va u yerda 1948-yilgacha ishladi[1].
1948-yildan Qorasuv tumanidagi „ Qizil-Sharq“ kolxozida paxtakor boʻlib ishlagan. 1949-yildan shu kolxozda paxtachilik boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1950-yilda u KPSS aʼzoligiga qabul qilindi.
Ashurali Mamaturdiyev zvenosi 1950-yilda 6 gektar maydonning har gektaridan o‘rtacha 66,3 sentnerdan paxta xomashyosi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 20-martdagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, O‘roq va Bolg‘a oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi[2].
U federal ahamiyatga ega shaxsiy nafaqaxoʻr edi, 1985y-ilda 86-yoshida vafot etdi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sotsialistik Mehnat Qahramoni (20.03.1951)
O‘roq va Bolg‘a oltin medali
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qirgʻiziston“. Uluttuk ensiklopediyasi: Boshki nashri. Asanov Y. A., B.: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, Bishkek
Borbugulov M., Oʻsh tariyhi ensiklopediyasi, Frunze, 1989-yil. Qoʻl ostida Juraeva B. J. „Qirg‘iziston ravnaqi yo‘lida“ Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan o‘zbeklari haqida entsiklopedik nashri, 336 bet, „Rizvon“ O‘sh shahri, 2017-yil .
Yana qanang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirgʻiziston Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ашурали́ Маматурдиев“.
- ↑ „Ашурали Маматурдиев“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ashurali Mamaturdiyev (Wayback Machine saytida 2017-08-02 sanasida arxivlangan)