Kontent qismiga oʻtish

Aschaffenburg

Koordinatalari: 49°58′0″N 9°9′0″E / 49.96667°N 9.15000°E / 49.96667; 9.15000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aschaffenburg
Shahar
Skyline of Aschaffenburg
Aschaffenburg
Gerb
49°58′0″N 9°9′0″E / 49.96667°N 9.15000°E / 49.96667; 9.15000
Mamlakat Germaniya
Yer Bavariya
Ichki boʻlinishi 10 shahar tumanlari
Hukumat
 • Oberburgomistr Klaus Herzog
Maydon 6,257 km2 (2,416 kv mi)
Markazi balandligi 138 m
Aholisi
 (2010)
68 678
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 06021,06028
Pochta indeks(lar)i 63739, 63741, 63743
Avtomobil kodi AB
Rasmiy kodi 09 6 61 000
Aschaffenburg xaritada
Aschaffenburg
Aschaffenburg

Aschaffenburg Germaniyaning Bavariya yerida joylashgan mintaqaviy ahamiyatga ega universitet shahri. Quyi Frankoniya maʼmuriy okrugiga boʻysunadi. Ushbu shahar maydoni – 62,57 km2. Aholisi – 68678 kishi (2010). Rasmiy kodi – 09 6 61 000.

Shahar 10 ta shahar tumanlariga boʻlingan. Asosiy diqqatga sazovor joy – Johannesburg qal’asi (17-asr boshlari).

Tarixchilarning fikriga koʻra, Ikkinchi Jahon urushi paytida, harbiy okrugning mahalliy qoʻmondoni (kreisleiter) bu hududda Amerika qoʻshinlariga qarshi (nafaqat Wermacht askarlarini, balki koʻngilli fuqarolarni ham boʻlgan) shu qadar kuchli militsiya otryadini tashkil qilganki, dushman qoʻshinlariga jiddiy qarshilik koʻrsatishgan[1]. Janglarda hatto bolalar ham qatnashib, uylarning derazalaridan oʻq uzishgan va Amerika qoʻshinlariga granata otishgan[1]. Qarshilikni qaytarish uchun amerikaliklar tank boʻlinmalarini chaqirishgan va gilam bilan shaharni bombardimon qilishgan. AQSh 7-armiya qoʻmondonligi aholiga taslim boʻlish uchun ultimatum beradi, ammo bu rad etiladi. Natijada shahar butunlay xarobaga aylangandan keyingina qoʻlga olingan[1].

Aschaffenburgning hududi 62,45[2] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 138, 136 va 133 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Soni
1668 1526
1792 3300
1812 6590
1900 18 093
1910 29 892
1919 32 199
1925 34 056
Yil Soni
1939 45 379
1945 30 861
1950 45 499
1965 55 580
1970 59 838
1975 55 398
1985 59 240
Yil Soni
1987 60 964
2010 68 678
2012 67 681
2013 67 844
2014 68 167
2015 68 986
2016 69 187
Yil Soni
2017 69 928
2019 70 527
2021 71 381
2022 72 444

Diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avliyo Johann Baptist sharafiga muqaddasrilgan oʻrta asrlardagi Johannesburg qal’asi 16-asrda vayron qilingan Mayns arxiyepiskoplarining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. 1604 yilda Maynsning yangi arxiyepiskopi, Muqaddas Rim imperiyasining saylovchisi va arxkansleri Johann Schweichard von Kronberg strasburglik arxitektor George Ridingerga qasrni qayta qurishni topshirgan. Meʼmor toʻrtta burchakda minorasi boʻlgan mustahkam maydon quradi. Qurilish 1619-yilda yakunlangan.

Hozir qal’ada Davlat sanʼat galereyasi joylashgan. Unda katta Lukas Kranach, uning oʻgʻli, Kichik Lukas Kranachcva ularning shogirdlari (Kranachning Aschaffenburgdagi rasmlari toʻplami Yevropadagi eng yaxshisi hisoblanadi) rasmlarini namoyish etadi. Shuningdek, Dürerning shogirdi Hans Baldung Grinning asarlari, 17—18 asrlardagi golland va flamand rassomlarining koʻplab rasmlari, shuningdek, taniqli flamand rassomi Piter Pauel Rubensning asarlari namoyish etiladi. Qal’aning munitsipal muzeyida, shuningdek, „Qimmatbaho qurbongoh liboslari toʻplami“, balsa yogʻochidan yasalgan dunyodagi eng yirik meʼmoriy modellar toʻplami, haykallar, shahar vedutlar, mebellar, keramika kolleksiyasi, ekspressionist Ernst Lüdwig Kirchner va yangi moddiylik janri vakili Kristian Schad rasmlari mavjud. Muzeyning bir qismi arxiyepiskop Fridrich Karl Jozef von Ertalning palatalari, Qal’aning kapellasi va Aschaffenburg sud kutubxonasi.

Aschaffenburgning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri – 1840—1848-yillarda Bavariya qiroli Lüdwig I buyrugʻi bilan qurilgan va arxitektor Fridrix fon Gärtner tomonidan ishlab chiqilgan Pompeydagi qadimgi Rim villasining nusxasi boʻlgan Pompey uyidir. Uy 1944-yilda vayron qilingan. Qayta tiklash ishlari 1960-yilda boshlangan. 1994- yildan buyon muzey sifatida faoliyat yuritib keladi.

1995-yil oktyabr oyida Aschaffenburg shahrida Würzburg-Schweinfurt Amaliy fanlar institutining (Fachhochschule) mahalliy filiali sifatida oliy texnik maktab (technische Hochschule) ochilgan[3]. 2000 yil oktyabr oyida Aschaffenburgdagi kafedra mustaqil amaliy fanlar instituti maqomini olgan va 9 yildan keyin Aschaffenburg oliy texnik maktabi (amaliy fanlar universiteti) deya qayta nomlangan[4].

Aschaffenburg temir yoʻl tarmogʻiga Aschaffenburg asosiy stansiyasi (mintaqaviy va shaharlararo aloqalar) va port stansiyasi orqali ulangan. 2012-yilda Aschaffenburgning asosiy stansiyasi Pro Schiene Alliance tomonidan "2012-yilning eng yaxshi stansiyasi[5] sifatida tanlangan.

Aschaffenburg davlat porti Rhein-Main-Dunay transyevropa suv yoʻlida joylashgan boʻlib, Bavariya guruhi va Bavariyadagi eng yirik sanoat zonasiga mansub. Avtomobil, temir yoʻl va suv transporti oʻrtasida konteynerlarni trimodal tashishdan tashqari, asosiy eʼtibor logistika, yetkazib berish va qayta ishlashga qaratilgan. 2005-yilda yuk aylanmasi 2,8 million tonnani, 2011-yilda 3,3 million tonnani tashkil etadi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 . 
  2. (unspecified title)Federal Statistical Office.
  3. „Die Technische Hochschule Aschaffenburg — Profil“. Technische Hochschule Aschaffenburg (TH-AB). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  4. „Aschaffenburger Hochschule heißt bald Technische Hochschule | Foto: Stefan Gregor“. main-echo.de (2019-yil 7-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  5. „Messingtafel ziert den Bahnhof von Aschaffenburg“ (de). Allianz pro Schiene (2012-yil 19-oktyabr). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  6. „Zweimal pro Woche Aschaffenburg-Hamburg nonstop“ (de). VerkehrsRundschau.de. 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.