Kontent qismiga oʻtish

Asboplastiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asboplastiklar — Toʻldirgich sifatida asbest tolali materiallar qoʻshilgan plastmassalar; bogʻlovchi sifatida, asosan, fenol-formaldegid va melamin-formaldegid smolalardan, baʼzan kremniy organik va furonli smolalardan foydalaniladi. Asboplastiklar presslab yoki mexanik ishlov berib tayyorlanadi. Quyidagi xillari bor: qatlam-qatlam plastiklar, asbotekstolit (toʻldirgich-asbest toʻqimasi), asbogetinaks (asbest qogʻozi), asbolit (asbest qogʻozi va kartoni), asbest tolali iplar (toʻldirgich-asbest tolasi). Asboplastiklar 400° temperaturagacha mexanik xossalarini uzoq vaqt saqlaydi. Asboplastiklar dan rotatsion nasoslarning kuraklari, elektr mashinalarning kollektorlari, metropoliten vagonlari va samolyot tormozi kolodkalari, kimyoviy apparatlar, raketaning baʼzi qismlarini issikdikdan himoya qiladigan materiallar va b. tayyorlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil