Asan Begimov
Asan Begimov | |
---|---|
Tavalludi |
1907-yil Moʻynoq tumani |
Vafoti | 2001-yil 10-sentyabr |
Taxallusi | Asan Begimov (qoraqalpoqcha: Asan Begimov) |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | qoraqalpoq |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Olmaota pedagogik instituti, Qozogʻiston Qiziloʻrda shahridagi pedagogika instituti |
Faoliyat yillari | 1932—1958-yillari |
Mukofotlari | „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi“ (1957), „Hurmat belgisi“ ordeni |
Asan Izimovich Begimov (1907-1958, Moʻynoq) — qoraqalpoq yozuvchisi va jurnalisti. Qoraqalpog‘istonda yozuvchilar tashkiloti va adabiy-badiiy jurnal asoschilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957).
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asan Begimov 1907-yil Moʻynoq tumanida tugʻilgan. U 1924-yildan boshlab Qoʻngʻirottagi bolalar uyida tarbiyalangan. Keyin 1927—1932-yillari Olmaotadagi pedagogik institutda tahsil olgan. 1932-yil Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahridagi pedagogika institutini tugatgan. 1932—1934-yillar oraligʻida Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining tashkil etish byurosining boshligʻi, 1934—1936-yillari Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlgan. 1936—1937-yillari Toshkentdagi partiya institutida oʻqigan. 1938—1939-yillari yana Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining boshligʻi, bir qancha yillar davomida davlat teatrining direktori, radioeshittirish qoʻmitasining boshligʻi, poligrafiya matbuosining direktori, Oʻzbekiston telegraf Agentligining Qoraqalpogʻiston boʻlimining boshligʻi, „Qoraqalpogʻiston“ matbuosida boʻlim rahbari, Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi lavozimlarida faoliyat yuritgan[1].
Asan Begimov 1934-yildan boshlab Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]A. Begimovning dastlabki sheʼrlari 20-yillarning oʻrtalarida nashr etila boshlagan. „Zafarlardan zafarlarga“ (1936), „Súyińiz“ (1949), „Tuwǵan jer“ (1955), „Sapura“ (1956), „Tańlamalı shıǵarmaları“ (1957), „Jańarǵan úlke“ (1960) sheʼrlar toʻplami, „Sapura“ (1938), „Ómir“ (1951) dostonlari, „Bu kim?“ (1932), „Gʻarib oshiq“ (T. Allanazarov bilan hamkorlikda) pyesalarida qoraqalpoq xalqining turmushi va oʻzaro kurash voqealari aks etgan. Prozaning rivojlanishida „Baliqchining qizi“ (1957) romani asosiy oʻrinni egallaydi. Roman Orol baliqchilariga bagʻishlangan boʻlib, badiiy asar oʻzbek va rus tillariga tarjima qilingan (1958-1960). Shu bilan birgalikda, u Pushkin, Lermontov, Shevchenko, Gorkiy kabi boshqa xalqlar yozuvchilarining ayrim asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]A. Begimov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi“ unvoniga sazovar boʻlgan (1957). U „Hurmat belgisi“ ordeni va medallari bilan, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |