As-Syakirin masjidi
Masjid | |
As Syakirin masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Hudud | Kuala Lumpur |
Koordinatalar | 3°9′26″N 101°42′58″E / 3.15722°N 101.71611°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom va modernimz meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1996—2009 (qayta taʼmir) |
As-Syakirin masjidi Vikiomborda |
As Syakirin masjidi (malaycha: Masjid As Syakirin) – KLCC masjidi sifatida ham tanilgan, Malayziyaning Kuala Lumpur shahri markazida joylashgan masjid. Bino Suria KLCC (Kuala Lumpur City Centre – Kuala Lumpur shahar markazi)[1] savdo markazi va dunyodagi eng baland egizak minoralar – Petronas egizak minoralari yaqinida joylashgan[2].
2009-yilda tashrif buyuruvchilar sigʻimi 6000 nafardan 12000 nafargacha yetkazilishi uchun masjid kapital taʼmirlangan.
Bino dastlab 1999-yil 12-iyulda Petronas xodimlarining namoz oʻqishlari uchun roʻyxatdan oʻtgan va Federal hududiy Islom diniy kengashi (diniy kengash) tomonidan boshqarilgunga qadar masjid maqomini olgan.
Ikki qavatli masjid maydoni 21 gektarni tashkil etadi. Shuningdek, binoda yigʻilish xonalari va audiotizimli 500 kishini sigʻdira oladigan zal ham mavjud.
As-Syakirin nomi bu masjidning rasmiy nomi sifatida tanlab olingan boʻlib, „rahmatli insonlar“ degan maʼnoni anglatadi. Masjid poytaxt Kuala-Lumpurning jadal rivojlanayotgan hududidagi islom meʼmorchiligi yodgorligi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „MASJID ASY-SYAKIRIN“. 2023-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ „As-Syakirin Mosque, Kuala Lumpur City Centre, Kuala Lumpur“. 2011-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.