Kontent qismiga oʻtish

As-Samh ibn Malik al-Xavloniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
As-Samh ibn Malik al-Xavloniy
السمح بن مالك الخولاني
Al-Andalus hokimi
Mansab davri
719 – 721
Oʻtmishdoshi Al-Hurr ibn Abdurahmon as-Saqafiy
Vorisi Abdurahmon ibn Abdulloh al-Gʻofiqiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 721
Ota-onasi Malik al-Xavloniy

As-Samh ibn Molik al-Xavloniy (arabcha: السمح بن مالك الخولاني) – 721–719-yillarda Al-Andalusning arab general-gubernatori[1]. 720-yilda oʻz gubernatorligi ostida amalga oshirgan moliyaviy islohotlari doirasida Al-Andalusda birinchi sof arab tangalarini zarb qildirgan[2].

Qolgan vestgot hukmronligini zabt etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

As-Samh Al-Andalus hokimi lavozimini egallaganida Vestgotlar qiroli Ardo hali ham Quyi Ebro va Septimaniya ustidan hukmronlik qilar edi. As-Samh dastlab Barselonani, keyinchalik Narbonneni egallab (720), u yerda Vestgot qirolligi hokimiyatiga yakun yasagan[3]. Umaviylar qoʻshinini hozirgi janubiy Fransiya hududi tomon boshlab, Narbonneni zabt etishga muvaffaq boʻlgan[4]. Bundan tashqari yirik arab qoʻshinini Vestgotlar Septimaniyasining qolgan hududlariga ham olib borib, Béziers, Agde, Lodève, Maguelonne (Montpellier) va Nîmes kabi bir qator katta-kichik shaharlarni qamal qilgan.

  1. Lewis, David L.. God's Crucible: Islam and the Making of Europe, 570-1215. New York: W. W. Norton, 2008 — 56-bet. ISBN 978-0-393-06472-8. 
  2. Kennedy, Hugh. Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus (en). Routledge, 2014-06-11 — 21-bet. ISBN 978-1-317-87041-8. 
  3. Collins, Roger. Early Medieval Spain. New York: St. Martin's Press, 1983 — 167-bet. ISBN 0-312-22464-8. 
  4. Hitti, Philip Khuri. History of Syria Including Lebanon and Palestine, Vol. 1. Gorgias Press LLC, 2002 — 468-bet. ISBN 1-931956-60-X. 
Oldingisi Al-Andalus hokimi
719–721
Keyingisi