Artyom Ajgirevich
Artyom Ajgirevich | |
---|---|
Tavalludi |
1976-yil 18-avgust Toshkent, O'zbekiston SSR |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Taʼlimi | Rossiya davlat boshqaruvi akademiyasi |
Kasbi | olim |
Unvoni | Fan nomzodi |
Mukofotlari | „Vatanga xizmatlari uchun“ medali |
Artyom Ivanovich Ajgirevich (1976-yil 18-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik olim. 2023-yildan Moskva davlat texnika universiteti rektori.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Artyom Ivanovich Ajgirevich 1976-yil 18-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Moskvadagi Suvorov nomidagi harbiy bilim yurtini tugatgan[1]. 2000-yilda Moskva iqtisodiyot va huquq akademiyasini tamomlagan. Artyom Ajgirevichning ilmiy faoliyat sohasi ekologiya hisoblanadi va ushbu sohada 2002-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiya mavzusi esa Intensifikatsiya UF-texnologii obezzarajivaniya vodi
dlya lokalizatsii negativnix vozdeystviy sistem vodosnabjeniya na okrujayushuyu sredu boʻlgan[2]. 2009-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya davlat boshqaruvi akademiyasi Oliy kasbiy taʼlim davlat taʼlim muassasasida tahsil olgan. 2015-yilda esa Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabida kasbiy qayta tayyorlov kursida oʻqigan[3]. 2007-yildan 2019-yilgacha Rossiya mashinasozlik muhandislari uyushmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari. 2012-yildan 2019-yilgacha Liga sodeystviya oboronnim predpriyatiyam uyushmasi ijrochi direktori. 2019-yildan 2022-yilgacha esa Tver viloyati hokimyati raisining oʻrinbosari[4]. 2023 yil yanvardan – amaldagi Moskva avtomobil va magistral davlat texnika universiteti rektori. Artyom Ivanovich Ajgirevich bir qator nashr etilgan ilmiy va uslubiy ishlar, shuningdek, 40 ga yaqin ixtirolar uchun patent olgan muallif hisoblanadi[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil
Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining Faxriy mexanik muhandis faxriy unvoni
Rossiya Federatsiyasining ekologik, texnologik va yadroviy nazorat boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari uchun Melnikova medali
2017-yil
Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining oʻqotar qurollar dizaynerigi sohasida koʻrsatgan xizmatlari uchun Kalashnikov medali
2020-yil
„Vatanga xizmatlari uchun“ medali
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Татьяна Румянцева. Заместителем губернатора Тверской области стал борец за экологию.“.
- ↑ 2,0 2,1 „Информационно-аналитическая система Science Index. Список публикаций автора: Ажгиревич Артём Иванович“.
- ↑ „Список публикаций А. И. Ажгиревича.“.
- ↑ „Артем Ажгиревич : Кадровые перестановки в аппарате регионального правительства.“. 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.