Artaboz
Qiyofa
Artaboz — axomaniylarning baʼzi sarkardalari ismi: 1) Kserksning sarkardasi. Kserksning miloddan avvalgi 480 yil Yunonistonga qilgan yurishida Plateya jangi (miloddan avvalgi 479 yil) paytida qoʻshin qanotlaridan biriga qoʻmondonlik qilib, jang tugamasdanoq tor-mor etil-gan fors qoʻshinlarining bir qismi bilan Kichik Osiyoga qochgan; 2) Eron floti qoʻmondoni, miloddan avvalgi 450 — 449 yilda afi-nalik strateg Kimonga qarshi kurashgan; 3) Artakserks II sarkardasi, soʻngra Doro III xizmatiga kirgan; miloddan avvalgi 330 yil Doro III oʻldirilgach, Aleksandr (Iskandar Maqduniy) davrida (328 yil) Baqtriya sa-trapi boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |