Arqish
Qiyofa
Arqish (turkiycha) — 6 — 14-asrlarda turkiy xalqlarda uzoq yurtlarga 673savdo-sotiq ishlari bilan qatnovchi to-jirlar, ot-ulovlar, aravalar va ularni boshqaruvchi mutasaddi shaxslar guruhi, yaʼni karvon maʼnosini anglatuvchi istiloh. A. Kultegin bitiktoshida, Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilik“, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asarida ishlatilgan, soʻnggi bor 14-asr obidasi Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“ asarida qayd etilgan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi „Karvonboshi“ maʼnosi qadimda A. ulugʻi soʻz birikmasi yordamida ifodalangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |