Kontent qismiga oʻtish

Armaniston — Daniya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Armaniston–Daniya munosabatlari

Armaniston

Daniya

Armaniston — Daniya munosabatlari. Armaniston va Daniya oʻrtasidagi hozirgi va tarixiy munosabatlar sanaladi. Armanistonning Kopengagenda elchixonasi mavjud[1], Daniya Armanistonda Ukrainaning Kiev shahridagi elchixonasi orqali oʻz faoliyatni olib boradi[2]. Diplomatik munosabatlar 1992-yil 14-yanvarda oʻrnatilgan[3]. Armanistonning Daniyadagi hozirgi elchisi — Hrachya Aghajanyan[4]. 2008-yilda Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan Armaniston va Daniya oʻrtasidagi munosabatlarni „doʻstona“ va „yuqori baholangan“ deb atadi[5]. 2013-yilda Amstream mustaqil nosiyosiy va notijorat tashkilot sifatida Armaniston va Skandinaviya oʻrtasida biznes, taʼlim va madaniyat sohasida hamkorlik va sheriklikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan[6].

Armanistonning Kopengagendagi elchixonasi.

Armaniston va Daniya oʻrtasidagi savdo aloqalari 1568-yillar davomidan arman sayyohi, yozuvchisi Pirzade Gapanetsi Daniyaga kelganida boshlangan.

Armanistonlik tinch aholiga qarshi Hamidiy qirg‘ini paytida Daniya hukumati qirg‘inni qoraladi va Usmonlilar imperiyasiga keskin norozilik bildirdi[7]. Taniqli daniyalik olim tanqidchi Georg Brandes qirgʻinlar haqida fikr bildirdi[7] va 1903-yilda armanlar haqida kitob yozdi[8].

Zamonaviy Armaniston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Armaniston davlati 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri ikkala davlat ham hukumat, ham nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz rolini oʻynagan holda aloqalarni oʻrnatishdi. Daniya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda Ost missiyasi, Daniya arman missiyasi va Daniya Kavkaz tadqiqotlari jamiyati kabi fuqarolik jamiyati tashkilotlari faol ishtirok etmoqda[2]. 2003-yilda Daniyada 100 nafar noqonuniy arman immigrantlari yashagan, ular ikki davlat hukumatlari oʻrtasidagi muzokaralar jarayonida Armanistonga qaytishlari kerak edi[9]. 2004-yilda Armaniston prezidenti Robert Kocharyan Daniya elchisi bilan rivojlanayotgan munosabatlarni muhokama qilib, hali qilinishi kerak boʻlgan ishlar koʻpligini tan oldi. Ikkala tomon ham iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladilar[10]. 2009-yilda Daniyaning yangi elchisi bilan diplomatik uchrashuvda Prezident Serj Sarkisyan ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istagini bildirdi va Daniya katta tajribaga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi va energiya samaradorligi kabi hamkorlikni oshirishning aniq sohalarini taklif qildi[11]. Ikki davlat iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama soliqqa tortilishning oldini olish to‘g‘risida bitim imzoladi. Har ikki davlat 2000-yilda[12] havo qatnovi toʻgʻrisida shartnoma imzolagan[3]. Armaniston va Daniya 2003-yil aprel oyida „noqonuniy boʻlganlarni chiqarib yuborish“ toʻgʻrisida shartnoma imzoladi[13].

Arman genotsidi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asrning boshlarida Armanistonda ishlagan turli Daniya ishchilarining manbalari Matias Bjornlund tomonidan arman genotsidi boʻyicha yangi istiqbollarni taklif qilish uchun ishlatilgan. Ammo Daniya hukumati armanlarning qirg‘inlari genotsid deb tasniflanishi kerakligini rasman tan olmaydi, buni qilish yoki yo‘qligini tarixchilar hal qilishini taʼkidlab oʻtishgan[14].

„Sherikchilik“ iqtisodiy dasturining ikkinchi bosqichida Armanistonga katta eʼtibor berilgan. Sherikchilik dasturi Armanistonning qishloq va iqtisodiy rivojlanishida yordam beradi.

  1. „Embassy of Armenia opens in Denmark“. PanArmenian (2011-yil 28-iyul). 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Info about Armenia“. Ministry of Foreign Affairs of Denmark. 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral.
  3. 3,0 3,1 „Bilateral relations between Armenia and Denmark“. Foreign Affairs of Armenia. 2011-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-mart.
  4. „Armenian president appoints new ambassador to Denmark“. ARKA News Agency. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
  5. „Armenia, Denmark sign an agreement on cooperation“. ArmRadio (2008-yil 15-sentyabr). 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
  6. „Armenien vil vise flaget i Skandinavien“. Standby. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Starten på den danske indsats for armenierne“ (da). 2012-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
  8. George, Brandes. Armenien und Europa 1903. pp. 27. Archived from the original on 4 October 2011. https://web.archive.org/web/20111004141604/http://www.armenews.com/IMG/Georg_Brandes_Armenien_und_europa_1903.pdf. Qaraldi: 28 August 2011. Armaniston — Daniya munosabatlari]]
  9. „Danes to be expelled from Armenia“. Human Rights in Armenia (2003-yil 3-aprel). 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-noyabr.
  10. „Kocharyan Received Danish Ambassador“. a1plus.am (2004-yil 23-noyabr). 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-noyabr.
  11. „Armenia, Denmark interested in deepening bilateral relations“. ArmRadio.am (2009-yil 17-dekabr). 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
  12. „Air Services Agreement Between the Government of the Republic of Armenia and the Government of the Kingdom of Denmark“ (hy). Foreign Affairs of Armenia. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-iyul.
  13. Denmark and Armenia Agreement between the Government of the Kingdom of Denmark and the Government of the Republic of Armenia on the readmission of persons with unauthorized stay (with annexes). Copenhagen, 30 April 2003. Registration with the Secretariat of the United Nations: Denmark, 14 January 2005. 40904. 30 April 2003. Archived from the original on 2012-03-27. https://web.archive.org/web/20120327032417/http://treaties.un.org/doc/Treaties/2005/01/20050114%2006-19%20AM/Other%20Documents/COR-Reg-40904-Sr-51674.pdf. Qaraldi: 7 July 2011. Armaniston — Daniya munosabatlari]]
  14. „Denmark Refuses to Recognize Armenian Genocide“. Armtown.com (2008-yil 11-yanvar). 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-noyabr.