Arktika mintaqasi
Qiyofa
Arktika mintaqasi — Yerning tabiat mintaqasi. Arktikaning katta qismini oʻz ichiga oladi. Qurukliqda Arktika mintaqasiga arktika muz sahrolari zonasi kiradi. Dengizlari qalin muz bilan qoplanganligi bilan ajralib turadi. Arktika mintaqasi chegarasi eng iliq oy (iyul yoki avgust)ning 5° li izotermasiga toʻgʻri keladi. Arktika havo massalari hukmronlik qiladi. Arktika sovuq sahrolari landshaftlari tarqalgan boʻlib, iqlimi sovuq, yoppasiga abadiy muzloklar bilan qoplangan, tuproqlari yaxshi rivojlanmagan, biologik va geokimyoviy jarayonlar juda suyet[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maʼlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)