Arktika havosi
Qiyofa
Arktika havosi — Arktika ustida shakllanadigan havo massasi. Temperaturasi past (+6° dan — 60° gacha), namligi kam (yiliga 75 — 400 mm yogʻin yogʻadi), shaffofligi yuqori, chunki yezda quyosh pastda boʻlganidan yerni unchalik isitmaydi, bugʻlanish oz boʻlganidan mutlaq namlik kam. Siklon jarayoni taʼsirida ancha quyi kengliklarga ham yoyilib, u yerlarni sovitib yuborishga olib keladi. Arktika havosi harakatlanib, Oʻrta dengizga, Oʻrta Osiyo va Sibir tekisliklariga ham yetishi mumkin, lekin uni togʻ tizmalari (Alp, Kavkaz togʻlari va boshqalar) tutib qoladi. Arktika havosi quyi kengliklarda harakatlanganda undan pastdagi sirtning qandayligiga qarab xossalari oʻzgarib turadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maʼlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |