Ariozo
Qiyofa
Ariozo (italyancha: „arioso“ – ariyaga oʻxshash) – 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Koʻpincha operalarning rechitativli sahnalari oʻrtasi (yoki oxiri)da foydalaniladi[1][2]. Aleksey Kozlovskiyning „Ulugʻbek“ operasidagi Ulugʻbek va Chol, M. Yusupovning „Xorazm qoʻshigʻi“ operasidagi Diddor, R. Hamroyevning „Zulmatdan ziyo“ operasidagi Gulnor Ariozolari;
2) vokal va cholgʻu musiqasida kichik shaklli lirik, vazmin sur’atli asar. Sulaymon Yudakovning „Muborakbod“ kantatasidagi „Ona oxi“ va boshqa;
3) tabiatan kuychan ijro uslubi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |