Areometr
Areometr (yun. araios — ingich-ka, bu yerda suyuq va metron — oʻlchov) — suyuqlik va qattiq jismlarning zich-ligini oʻlchaydigan asbob. A. tuzilishi Arximed qonunita asoslangan. Bunda A. siqib chiqargan suyuqlik ogʻirligi uning ogʻirligiga teng. A. doimiy ogʻirlikli va doimiy hajmli boʻladi. Doimiy ogʻirlikli A. (1-rasm) bilan oʻlchashda zichlik A.ning suyuklikka botish darajasiga qarab aniqlanadi. Bu xildagi A.ga densi-metrlar (shkalasi zichlik birliklarida darajalangan), eritmalarning konsen-tratsiyasini (quyuq-suyuqligini) oʻlchash uchun ishlatiladigan spirtometrlar va saharometrlar (shkalasi ogʻirlik yoki hajmiy foizlarda darajalangan) kiradi. Densimetrlar shisha yoki metalldan yasaladi. Yuqori temperaturalarda metall densi-metrlar ishlatiladi. Odatda A. maʼlum (asbobda koʻrsatilgan) temperaturada darajalan-gan boʻlib, bosh-qa temperaturalarda oʻlchangan qiymatlarga tegishli tuzatmalar ki-ritiladi. Doimiy hajmli A. (2-rasm) bilan zichlikni oʻlchashda asbob suyuklikka halqasimon tamgʻasigacha botiriladi. Shunda suyuqlik zichligi palladan olin-gan yoki unga qoʻyilgan toshlar qiymati bilan aniqlanadi. Qattiq jismlarning zichligini oʻlchashda doimiy hajmli A. korpusining pastki qismiga qoʻshimcha palla biriktiriladi (A.-tarozi).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |