Area nuda
Jigarning area nuda sohasi qorin parda bilan oʻralmagan soha boʻlib, Jigarning diafragmal yuzasidagi katta uchburchak maydon. Bu soha jigarning peritoneal qoplanmagan yaʼni qorin parda bilan oʻralmagan erkin yagona qismi, lekin Glisson kapsulasi bilan qoplangan. Toʻgʻridan-toʻgʻri diafragmaga boylam bilan birikgan. Jigarni area nuda sohasi portakaval anastomozga tegishli boʻlib, oʻngdagi ekstraperitoneal subfrenik boʻshliqni qoplaydi va qorin boʻshligʻidan koʻkrak boʻshligʻiga infektsiyaning tarqalish joyi boʻlishi mumkin.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jigarning area nuda sohasi jigarning oʻng boʻlagiining posterosuperior yaʼni orqa pastki yuzasida joylashgan[1]. Bu torakal diafragma yaqinida yotadi. U koronar boylam yaʼni ligamentum caranarium ikki qavatli va oʻng uchburchak boylam yaʼni ligamentum triangulari oʻrtasida joylashgan[1].
Jigarning area nuda sohasi biriktiruvchi toʻqima bilan torakal diafragma bilan biriktiriladi[2]. U diafragmaning pastki yuzasiga tegadi[3]. Shuningdek, u kapsula bilan qoplanmagan[4].
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portakaval anastomoz tufayli jigarning area nuda sohasi klinik ahamiyatga ega. Qorin boʻshligʻidan koʻkrak boʻshligʻiga infektsiya tarqalishi mumkin boʻlgan soha. U oʻngdagi ekstraperitoneal subfrenik boʻshliqni oʻrab oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avvaldan Jigarning area nuda sohasi qorin parda bilan oʻrolmagan soha ekstraperitoneal deb nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Mahadevan, Vishy (2020-08-01). "Anatomy of the liver" (en). Surgery (Oxford) 38 (8): 427–431. doi:10.1016/j.mpsur.2014.10.004. ISSN 0263-9319. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0263931914002191.
- ↑ Abdel-Misih, Sherif R. Z.; Bloomston, Mark (August 2010). "Liver Anatomy". Surgical Clinics of North America 90 (4): 643–653. doi:10.1016/j.suc.2010.04.017. PMID 20637938. PMC 4038911. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4038911.
- ↑ Mitchell, Barry „7 - The digestive system“, . Embryology, 2nd (en), Churchill Livingstone, 2009 — 41–48-bet. DOI:10.1016/B978-0-7020-3225-7.50010-5. ISBN 978-0-7020-3225-7.
- ↑ Bolender, David L. „3 - Basic Embryology“, . Fetal and Neonatal Physiology, 5th (en), Elsevier, 2017 — 23–39-bet. DOI:10.1016/B978-0-323-35214-7.00003-2. ISBN 978-0-323-35214-7.