Ardasher binni Hurmuz
Ardasher binni Hurmuz – Eronda hukmronlik qilgan sosoniy podshoh. Shopur Zulaktofning ukasi. Shopur Zulaktof oʻgʻli balogʻat yoshiga yetgunga qadar taxtga oʻtirishni Ardasherga vasiyat qiladi. Alisher Navoiy Ardasher taqdiri haqida bir-biriga qarama-qarshi ikki dalil kiritgan: “Tarixi guzida”da berilishicha, podshoh Ardasher odilligi sababli Nekukor (solih kishi) sifatiga ega boʻlgani, Shopur Zulaktofning oʻgʻli balogʻatga yetgach, vasiyatga asosan taxtni unga topshirib, oʻzi siyosatdan chetga chiqqani aytiladi. “Banokatiy tarixi”da esa buning batamom aksi keltirilgan: Ardasher zolim boʻlgani uchun xalq isyon koʻtaradi, uni taxtdan qulatib, oʻrniga Shopurning oʻgʻlini shoh etib saylashadi. Ardasher haqida “Tarixi muluki Ajam” hamda “Saddi Iskandariy”ning 14-bobida maʼlumot berilgan.
Chu Shopur oʻtub, Ardasher oldi mulk,
Base bimu ummid aro qoldi mulk.
Nekim olam ahligʻa qildi pisand,
Anga oni yetkurdi charxi baland.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |