Arda (Maritsa irmogʻi)
Arda (Maritsa irmogʻi) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 290 |
Davlat | Yunoniston va Bolgariya |
Arda (Maritsa irmogʻi) |
Arda (bolgarcha: Арда [ˈardɐ], grekcha: Άρδας [ˈarðas], turkcha: Arda [ˈaɾda]) uzunligi 290 km boʻlgan Bolgariya[1] va Gretsiyadan oqib oʻtuvchi daryo. U Maritsa (yoki Evros) daryosining irmogʻidir[2]. Uning manbai Smolyan munitsipaliteti tarkibiga kiruvchi Arda qishlogʻi yaqinidagi Rodop togʻlarida joylashgan. Rudozem, Kardjali va Ivaylovgraddan sharqqa qarab oqib oʻtadi va Evros mintaqaviy birligining shimoliy qismida Gretsiya hududiga kirib keladi. Yunoniston va Turkiya chegarasida, Gretsiyaning Kastanies qishlogʻi va Turkiyaning Edirne shahri oʻrtasida Maritsa daryosiga kelib quyiladi. Bolgariya qismida uchta gidroelektr va sugʻorish toʻgʻonlari mavjud, bular: Kardjali toʻgʻoni, Studen Kladenets va Ivaylovgrad toʻgʻoni. Bolgariya hududidagi qismining uzunligi 229 kilometr (142 mi) boʻlganligi sababli ham, Arda daryosini Rodopdagi eng uzun daryoga aylantiradi.
Arda daryosi qirgʻoqlari qadim davrlardan beri aholi yashashi uchun qula manzilgohlardan biri hisoblanadi
2005-yil 18-fevraldagi uchta suv toshqini (suv sathi 4.8 metr (16 ft) ga teng) 2005-yil 1-mart va 7-mart kunlari past-baland hududlarni suv bilan toʻldirdi, ayniqsa Kastanies hududida bu toshqin uni laguna (koʻlmak)ga aylantirdi. Maritsa (Evros yoki Meriç) suvlarining birlashishi koʻchalar va binolarni, shu jumladan uylarni suv bosishiga va odamlarning uylarida qolib ketishiga sabab boʻldi.
Janubiy Shetland orollari tarkibidagi Livingston orolida joylashgan Arda choʻqqisi, Antarktida va mineral ardait Arda daryosi nomi bilan bir xil tarzda nomlangan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Dyavolski koʻprigi yaqinida joylashgan Ardino shahri
-
Ardaning Meandri Bolgariyada
-
Madzharovo yaqini
-
Madzharovo yaqini
-
Arda daryosi tabiati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Statistical Yearbook 2017, National Statistical Institute (Bulgaria), p. 17
- ↑ „MARITZA-EVROS-MERIC Sub-basin with ARDA and ERGENE RIVERS“. inweb. Qaraldi: 09-2023.