Kontent qismiga oʻtish

Arctostaphylos luciana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arctostaphylos luciana
Muhofazalash holati


Xavf-hatar darajasi [1]
Ilmiy tasniflash edit
Olam: Oʻsimliklar
Sistematika: Traxeofitlar
Sistematika: Angiospermlar
Sistematika: Eudikotlar
Sistematika: Asteridlar
Oila: Ericaceae
Jins: Arctostaphylos
Turlar:
A. luciana
Binar nomi
Arctostaphylos luciana

Arctostaphylos luciana — Santa Lucia manzanita umumiy nomi bilan maʼlum boʻlgan manzanita turi, Kaliforniya shatati uchun endemik boʻlgan turlardan biri hisoblanadi[2].

Yogʻochli oʻsimlik Arctostaphylos luciana janubiy Santa Lucia togʻlarida, San Luis Obispo okrugidagina uchraydi[3][4].

Arctostaphylos luciana qirgʻoq boʻyidagi shalfeyli butazorlarda, slanetsga boy hududlar va togʻ yon bagʻirlarida 100-800 metr balandlikda oʻsadi[2][4]. Dengiz qatlamining yuqori chegarasida, okeanga tutash boʻlgan qoyalarda ham uchraydi[2].

Arctostaphylos luciana — 2–3 metr (6.6–9.8 ft) balandlikkacha yetadigan buta yoki kichik koʻp novdali daraxt turi hisoblanadi[2][4].

Oʻsimlikning barglari kulrang, mumsimon va junli silliq koʻrinishda yoki tuksiz, qirralari va silliq shaklda boʻladi. Ular asosli boʻgʻimli, yumaloq va oval koʻrinishda boʻlib, 1.5–2.5 centimetr (0.59–0.98 in) kenglikka va 2–4 centimetr (0.79–1.57 in) uzunlikka ega[2][4].

Toʻpguli pushti va oq, tuksiz, urnasimon va pastga qaragan „manzanita“ gullaridan tashkil topgan. Gullash davri fevraldan martgacha davom etadi[4].

Mevasi qizildan to yashil-qizil ranggacha boʻlib, kattaligi 1.2 centimetr (0.47 in) ga teng[4].

Muhofazaga olinish holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tur Kaliforniya mahalliy oʻsimliklar jamiyati nodir va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimliklar inventarizatsiyasida juda xavfli va himoyasiz turlar qatoriga kiritilgan[5]. Baʼzi populyatsiyalari Los Padres milliy oʻrmonining janubiy Kuesta tizmasi hududidagi botanika maxsus ilmiy-izlanish zonasida muhofazaga olingan va shu hududda koʻpaytiriladi[6].