Aranjirovka
Aranjirovka (fransuzcha: „arranger“ — tartibga solish, tuzatish) — 1) musiqa asarini aslida nazarda tutilmagan oʻzga cholgʻu asbobi (yoki asboblar), xonanda (yoki xonandalar) ovoziga moslash; masalan, operani fortepiano joʻrligida ijro etish, orkestr uchun moʻljallangan asar (simfoniya)ni bir yoki bir necha fortepiano uchun aranjirovka qilish va hokazo. Muallif moʻljallagan musiqa asbobining oʻzida asar ijrosini osonlashtirishi ham aranjirovka deyiladi;
2) jaz yoki estradada bevosita ijro jarayonida kiritiladigan va ijroning uslubi bilan bogliq turli (garmonik, fakturali) oʻzgarishlar;
3) oʻzbek xalq ijrochiligida keng oʻrin olgan ashula yoʻllarini cholgʻu kuylar sifatida ijro etish (masalan, „Surnay yoʻllari“) va cholgʻu kuylarini ashulalashtirish („Munojot“, „Choʻli iroq“, „Nasrulloyi“ ashula yoʻllari kabi) jarayoni aranjirovkaga yaqin[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Aranjirovka" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |