Aqcha svitasi
Qiyofa
Aqcha svitasi (Aqcha soyi nomidan) – oʻrta toshkoʻmir davriga mansub svita. 1939-yilda Chatqol tizmasining gʻarbiy qismida mustaqil svita sifatida ajratilgan. Aqcha svitasi nordon va oʻrta asosli vulkan jinslardan tashkil topgan. Umumiy qalinligi 2500 m. Aqcha svitasida oʻrta toshkoʻmir davriga mansub toshqotgan oʻsimlik qoldiqlari topilgan. Aqcha svitasi Chatqol va Qurama tizmalarida keng tarqalgan va bu togʻlardagi aqcha svitasida nodir metall konlari uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |