Kontent qismiga oʻtish

Apparat (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Apparat (qoʻshiqchi)
Tavalludi 27-iyun 1978
Janrlar glitch
Fuqaroligi Germaniya
Veb-sayt apparat.net

Sascha Ring (1978-yil 27-iyunda tugʻilgan), Apparat nomi bilan tanilgan nemis elektron musiqachisidir[1].

Musiqachi Modeselektor bilan birga Moderat nomi ostida ijod qiladi[2].

Ring 2003-yilda Ellen Allien bilan „Berlinette“ albomida, keyinchalik esa 2006-yilda „Orchestra of Bubbles“ albomida hamkorlik qilgan[3].

2007-yilda musiqachi „Walls“ albomini jonli ijro etish maqsadida oʻz guruhini tuzadi. Soʻngra ushbu guruhga Raz Ohara pianinochi va Jörg Waehner barabanchi sifatida qoʻshildi. Shu kabi jonli tomoshalardan tashqari, Ring Transforma Visuals leybili bilan hamkorlikda yakkaxon ijodini ham davom ettirdi[4].

Sascha Ring 2009-yil may oyida Modeselektor bilan birgalikda „Moderat“ deb nomlangan shaxsiy albomlarini chiqarishadi. Ikki ijodkor bundan oldin ham 2002-yilda musiqiy guruh sifatida birga ishlashgandi va cheklangan miqdorda chiqarilgan „Auf Kosten Der Gesundheit“ nomli kichik albomni yaratishgandi.

Musiqachining „Fractales (Apparat Ibiza Version)“ nomli treki 2009-yil aprel oyida Qwartz Electronic Music mukofotining Dance Floor toifasida gʻolib deb topildi.

Ring 2011-yilda Mute Records bilan shartnoma imzolaydi va shu yilning sentabr oyida ingliz shoiri Percy Bysshe Shelleyning siyosiy sheʼriga bagʻishlangan „The Devil’s Walk“ nomli yangi albomini chiqardi.

Apparatning qoʻshiqlari filmlar va koʻplab teleseriallarda soundtrack sifatida qoʻllanilgan. Misol uchun uning „Holdon“ treki 2010-yil Teton Gravity Research filmida ishlatilgan boʻlsa, Soap&Skin bilan birga ijro etgan „Goodbye“ treki „Breaking Bad“ 4-fasli finalining kulminatsion sahnasida hamda 2017-yilda Netflix tomidan suratga olingan „Dark“ serialining kirish qismida qoʻllanilgan[5].

Shuningdek, Moderatning „The Mark (Interlude)“ treki 2018-yilda ommaga namoyish etilgan Annihilation filmida ham ishlatilgan.

2013-yil 7-sentyabrda Ring Berlin shahrida mototsikl halokatida jarohat oldi, hamda „Moderat“ bilan boʻladigan musiqiy turni kechiktiradi[6].

2019-yil 22-yanvarda Mute Records Apparatning beshinchi albomi „LP5“ shu yilning 22-martida chiqishini eʼlon qildi[7].

LP5“ albomi 2020-yilgi Grammy mukofotlarida „Eng yaxshi raqs/elektron albom“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi[8][9]. Shuningdek, ushbu albom 2019-yilda IMPALAning „European Independent Album of the Year“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatildi[10] va yakunda musiqachi mukofotni qoʻlga kiritdi[11].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apparat sifatida yozgan albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Things To Be Frickled (Shitkatapult, 2008)
  • DJ-Kicks: Apparat (Studio !K7, 2010)

Moderat nomi ostida Modeselektor bilan yozgan albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Moderat (BPitch Control, 2009)
  • II (Monkeytown Records, 2013)
  • III (Monkeytown Records, 2016)
  • More D4ta (Monkeytown Records 2022)
  • Algorythm (2001)
  • Tttrial and Eror (Shitkatapult, 2002)
  • Auf Kosten Der Gesundheit (BPitch Control, 2003) Modeselektor bilan birgalikda (Moderat sifatida)
  • Koax (2003)
  • Canʼt Computerize It (2004)
  • Duplex. Remixes (Shitkatapult, 2004)
  • Shapemodes (2004)
  • Silizium (Shitkatapult, 2005)
  • Berlin, Montreal, Tel Aviv (Shitkatapult, 2006)
  • Holdon (Shitkatapult, 2007)
  • Sayulita (DJ-Kicks) (!K7, 2010)
  • „Ash/Black Veil“ (2011)
  • „Black Water“ (2011)
  • „Song of Los“ (2011)
  • „Candil de la Calle“ (2012)
  • „Dawan“ (2019)
  1. Sullivan, Caroline „Apparat: The Devil's Walk – review“. The Guardian (2011-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  2. APPARAT TAKES BITS OF MODERAT TO FORM ELECTRONIC BLISS VIA 'LP5', Glide Magazine
  3. „The Latest Edition Of Our German-Language Podcast Features Apparat“. Telekom Electronic Beats (2019-yil 28-mart). Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
  4. „Apparat: "I never understood the IDM name“. MusicRadar (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
  5. Renfro, Kim „Netflix's new series Dark has a terrific and unique soundtrack – here are all the best songs featured“. Insider (2017-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  6. „Moderat 2013 Tour postponed!“ (2013-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  7. „Apparat Announces New Album, Shares New Song: Listen“ (en). Pitchfork (2019-yil 22-yanvar).
  8. „2020 GRAMMY Awards: Complete Nominees List“ (en). National Academy of Recording Arts and Sciences (2019-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  9. Horton, Adrian. „Grammy awards 2020: full list of winners“ (2020-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
  10. „22 nominees shortlisted for IMPALA's European Independent Album of the Year Award | Impala“. Impalamusic.org. 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
  11. IMPALA „APPARAT WINS IMPALA'S EUROPEAN INDEPENDENT ALBUM OF THE YEAR AWARD“ (2019-yil 24-fevral).
  12. „Review: Apparat - LP5“. Resident Advisor. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
  13. „Album Review: Apparat - LP5“. Drowned in Sound. 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
  14. „Apparat releases new version of his soundtrack for the 2018 film Capri-Revolution“. Resident Advisor. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.